TGViewer
F Λ R M O N O V F Λ R M O N O V @farmonoff · 348 subscribers
Post #1238 503
F Λ R M O N O V Rahmat 🫡 Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang…
Kamolot davrida yurganimda ham keyin ham shu holatni ko’rdim. Kimningdir jiyani, shogirdi sifatida yuzaga chiqqanlar tez so’nishgan. Lekin o’sha vaqtda kichik harakatlar, sabr bilan o’sib kelganlar hozir hammasi xususiyda ham davlat tashkilotida ham yoshlar sohasida ham yaxshi ishlar qilib kelyapti. O’sha jiyanlar va shogirdlar yo’q hech qayerda.

Nega bunaqa narsalarni aytyapman? Faoliyatingizni qaysidir qismida siz ham shu to’siqqa dush kelishingiz mumkin, bu sistemaning kamchiligi. Yoki o’zingiz shunaqa yordam xohlashingiz mumkin, yengillik hammaga yoqadi.

Lekin ikkala holat ham sizga salbiy effekt beradi. Sizni ko’taradigan ham odam qiladigan ham shu vaqt va intizom sinovidan o’tadigan mehnat. Men tanigan hamma odamlar aynan shunaqa kichik qadamlar bilan shu kunlarga va martabalarga kelishgan.

Bugun bayram, bunaqa post yozmoqchi emas edim, esimga tushib qoldi. Faqat iltimos, bu g’irt noliydigan odam ekan, inqillab nolishdan boshqasini bilmas ekan deb tushunmanglar. Men o’zbekman, shu vatanni yoshlaridanman, berilgan imkoniyatlardan maksimal bo’lmasa ham qo’ldan kelgancha eplab kelyapman 😄
  • ❤ 4
More from @farmonoff
  1. Sep 16, 20263-oktyabr kuni konsert qo'yamiz, kelinglar suhbatlashamiz, ko'rishamiz) Batafsil: https://…
  2. Jul 10, 20262018-yildan beri dizayn sohasidaman. Bu sohada ko'rmagan stressim qolmadi, ajablanishim ju…
  3. Jun 30, 2026Rahmat 🫡 Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past k…
  4. Jun 30, 2026Bugun taqvimda Yoshlar bayrami. Tabrigim — jamiyat qoliplaridan biroz tashqari, oʻziga yoq…
  5. Jun 30, 2026Channel photo updated
  6. Jun 23, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →