Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom Anvar Mamajonov chizgan deb eshitganman, Keyinchalik Anvar aka bilan shaxsan suhbatlashganimda bu haqida gapirishni xohlamasligini aytgan (men eshitgan versiyadagi u vaqtlarda bir kechada uyidan olib ketilib bayroq muallifligi I. Karimov deb yozilgan qog'ozga qo'l qo'ydirishganini tasdiqlashga qo'rqishini sezganman 🙂). Farhod Yo'ldoshev haqida esa hech qayerda maa'lumot yo'q, rassomlardan o'xshash ism, familiyalik faqat Muborak Yo'ldoshev bor.
Bayroqning standartlashtirilgan o'lcham va tizimlari bor archive.uz dagi ma'lumotlarga ko'ra. Barcha o'lchamlar aniq qilib yozilgan, qayerda ishlatilinishiga qarab hisoblab olinadi (pastdagi 1-rasm). Biz kompyuterda ishlaydigan dizaynerlar odatda pixel o'lchamida olamiz (masalan 40 sm. = 400 px. ko'rinishida). Ranglar odatda 3 xil tyavsiflanadi. Ekranlar yoki monitorlar uchun RGb tizimida, veb saytlar uchun HEX tizimida, bosma mahsulotlar uchun CYMK tizimida. Qonunga ko'ra bayroqning rang kodlari (pastdagi 2-rasm). Xullas, qayerda ishlatilinishiga qarab palitrada shu raqamlarni yozsa bayroq ranglari hosil bo'ladi.
Mirzoning postidagi Bakiro ning fikriga qo'shilaman, qonun ishlamayapti. Bayroq haqidagi qonunning 11-moddasida "Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi" deb yozilgan. Bu menimcha to'g'ri emas, aniq tashkilot kerak bu bilan shug'ullanadigan. Hozir xohlagan odam istagancha ishlatib yotibdi bayroqni, buni nazorati esa hammada va hech kimda.
Bayroqdagi xatolar asosan bosma holatda ko'rinadi. Dazmol qilinmagan, ranglar o'zgarib ketgan, yulduzlar tartibi buzilgan, o'lchamlar o'zgargan... Katta katta davlat tadbirlarida ham bu xatolarni ko'ramiz, futbol muxlislari qolib. Hatto gerb o'rniga Prezident muxrini ishlatib yotishibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Serra Leoneni bayrog'ini ishlaatib yurishadi #uzb heshtegi ni yonida
Hamma yoq betartib. Bizda dizayn, tasvir bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p va hech biri qilinmayapti.
@farmonoff
Post #1232
357