Oldingi postimda kontekst oynasi va uning xotirasi haqida sizlarga aytib bergandim. Endi kontekst oynasi qanchalik to‘lib qolgani va limitlar haqida qanday bilish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma beraman.
Yuklangan rasmga e’tibor qiling. Prompt yozadigan joyning pastida menda doim loyiha nomi, GitHub branch’i, kontekst oynasi hajmi va uning qanchaga to‘lgani, 5 soatlik limitga qanchalik yaqinlashganim hamda model ko‘rinib turadi. Bu juda qulay.
Qollanma:
1. Claude Code’da bu promptni yozamiz
"Assist me to setup /statusline. Show me what I can see there."2. Keyin bir nechta variantlar chiqadi, xohlaganingizdek sozlab olasiz.
3. Menda u quyidagicha:
my-project [project name] | main [branch] | ctx 42k/18% [context window] | 5h 34% [5 hour limit] | Sonnet 4.6 [model]Eslatib o‘taman, kontekst oynasini har doim 100 ming token atrofida ushlab turishga harakat qiling, undan keyin model o'tlab ketadi degan fikr bor.
Foydali bo‘lgan bo‘lsa, tanishlar bilan ulashib qo‘yamiz.
———
@farkhod_com
