TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.82K subscribers
Post #473 1.33K
Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida

Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masala bilan bandman. Qisqa qilib aytganda, mijozlarimizning soliqqa oid ma’lumotlarini yig‘ishimiz kerak.

Talablarga muvofiqlik (compliance) va regulyator talablari bo‘yicha juda ko‘p varaqli hujjatlar bor. Ularni o‘rganish kerak. Bizda biznes analitik yo‘q, bu ishni ham o‘zim qilyapman. CRS’ga bog‘liq o‘zgarish, foydalanuvchi interfeysida 2–4 ta ma’lumot so‘raydi. Lekin shu 2–4 ta matnning tagida qancha ish yotganini ko‘rsangiz...

Qiyin va chigal vazifani tushunib olish, uni aniq va tushunarli vazifaga aylantirish, turli odamlardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va oxirida jamoani shu vazifa atrofida birlashtirish – mana shu men uchun “challenge”. Va bilasizmi nima? Menga aynan shunisi yoqadi. 

Menimcha, ishdan oladigan motivatsiyamning katta qismi ham shundan keladi. Har doim ham maosh asosiy ko‘rsatgich emas. Yangi narsalarni o‘rganish, qiyin muammoni yechish, o‘zimni rivojlantirish va qilgan ishimning natijasini ko‘rish menga motivatsiya beradi.

Ozroq oldin, CTO‘mizdan “Self-Determination Theory” degan tushunchasi haqida eshitib qoldim. Unda insonning ichki motivatsiyasiga uchta narsa katta ta’sir qilishi aytiladi: 

🔹 autonomy – o‘zingiz qaror qabul qilishingiz

🔹 competence – biror narsada o‘sib borayotganingni his qilish

🔹 relatedness – boshqa odamlar bilan bog‘lanib, birgalikda nimadir qilish.

“Self-Determination Theory” biznes egalari, rahbarlar va HR’lar uchun juda qiziq mavzu, sababi sizning qo‘l ostingizdagi odamlarning motivatsiyasi ishdagi natijalarga ta’sir qiladi.

Teoriyani o‘zbekchaga tarjima qilib, asosiy joylarini qoldirdim:

👉 https://chatgpt.com/share/6ab4a526-320c-83ed-b50d-006f3f97a3ca

——

@farkhod_com
  • 👍 13
  • ❤ 5
More from @farkhod_com
  1. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  2. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
  6. Sep 3, 2026Farhod aka bilan suhbatdan parcha: - CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →