TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.81K subscribers
Post #445 3.57K
Smart zone va dumb zone

Bilasiz, AI bilan SaaS quryapman va olgan bilimlarim bilan bo‘lishmoqchiman.

Claude Code, Codex bilan kod yozasizmi, ilova qurasizmi yoki shunchaki gaplashasizmi – unda kontekst oynasi degan tushuncha bor.

Har bir modelda u har xil:

Claude Opus 4.8'da – 1 mln token
Claude Sonnet 4.6'da – 200 ming token
GPT-5’da CLI orqali ishlaganda 400 ming token deb o‘qidim.

O‘zi kontekst oynasi nima? 200 ming token degani qanday tushuniladi?

Kontekst oynasi xuddi ish stoliga o‘xshaydi. Stolda 4 ta varaq ma’lumot bo‘lsa, uni ichidan kerakligini topish va ishlash oson. Endi bu varaqlar soni 50ta bo‘lsa-chi, adashasizmi? Ma’lumotlarni bir biriga bog‘lash qiyin bo‘ladi a? Yoki kerakli joyini ko‘rmay qolasiz. 

Bitta A4 varaqda matn yozilganda u tahminan 600-800 ta token bo'ladi (kalkulyator)

Endi, har kuni AI bilan kod yozadigan tajribali dasturchilar shuni aytishyaptiki, kontekst oynasining 40–70% oralig‘i “aqlli zona”. Agar undan oshsa, AI’ning sifati pasaya boshlaydi va u “dumb zone”ga kiradi.

Lekin bu yerda bir gap bor. Opus 4.8 “menda 1 mln token kontekst oynasi bor” deyapti, ammo ko‘pchilik buni marketing deb ko‘radi. Sonnet bo‘ladimi yoki Opus ularning eng samarali ishlaydigan zonasi taxminan 100 ming token atrofida, deyishyapti dasturchilar. Opus’da “dumb zone” balki 200 ming tokendan keyin boshlanar, lekin baribir 1 mln tokenni to‘ldirib ishlash yaxshi amaliyot emas.

Bunga e’tibor bermaslik nimalarga olib keladi?

1. AI’dan olinadigan natija sifati pasayadi.

2. Juda tez token sarflaysiz. Bilasizmi, Claude Code’da kod yozayotganda tokenlar suvdek ketadi.

Demak, kontekst hajmini boshqarib turing. Uni imkon qadar 100-150 ming token atrofida ushlang. Aks holda AI qo‘yga o‘xshab o‘tlab ketadi.

Matt Pocock’ning bu mavzu bo‘yicha zo‘r master-klassi bor https://youtu.be/-QFHIoCo-Ko?si=kQhXqp9KbMB97WJC

O'zi "Smart Zone" va "Dumb Zone" haqda Ilhom va Aziz aka Mirzayev dan eshitib, keyin o‘zim ham biroz izlanib o‘rgandim.

Hozir toza Claude ishga tushirdim va bilasizmi nima? Kontekst oynasida allaqachon 13 ming token turibdi. Skrinshotni sharhda tashladim.

Keyingi xabarda kontekst oynasi necha foiz to‘lganini qanday ko‘rish mumkinligini ko‘rsataman.

——

@farkhod_com
  • 👍 20
  • ❤ 6
More from @farkhod_com
  1. Sep 24, 2026Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masal…
  2. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  3. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  4. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  5. Sep 7, 2026photo post
  6. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →