TGViewer
Channel Public Channel
elyor.dev

elyor.dev

@elyor_dev

- Shaxsiy fikrlar hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin

© Elyor Shodiyorov
Subscribers
250
Photos
97
Videos
3
Links
86

Showing posts older than #181 · Back to latest

Older Posts 16 shown
Post #179 777
elyor.dev next-state-adapter Next.js App Router bilan state management librarylarni osongina ishlata olish uchun adapter. Serverdan kelgan initial datalarni storega joylab, to'g'ri hydrate qilishga yordam beradi. npm: https://www.npmjs.com/package/next-state-adapter…
next-state-adapter

Kutubxona bo'yicha kichikkina docs yozishga qaror qildim. Albatta, asosiy qismini o'zim yozgan readme bo'yicha chatgpt generatsiya qilib bergan.

docsga link: https://next-state-adapter.vercel.app/docs/intro

#next_state_adapter #nextjs #state_management

@elyor_dev
Post #177 438

Forwarded from Khumoyun Codes

Demak talablarga binoan, birinchi videoni upload qildik, video sifati va montaj menimcha yaxshi chiqdi. Lekin ssenariy yozib uni tog'ri kameraga gapirib berish bo'yicha hali muammolar talaygina. Shuning uchun qisqa qilib aytadigan bo'lsak, konstruktiv tanqidlaringiz bo'lsa izohlarda qoldiring, bo'lmasa ham albatta videodagi mulohazaga nisbatan fikrlaringizni qoldiring.

Qani kettik 🏃‍♂️

https://youtu.be/rBUtohoovP4
YouTube Overemployed dasturchilar - ularni deb ishingiz yo'qmi? Hozirgi paytda dasturchilarga ish topish kundan kunga qiyinlashib ketmoqda. Lekin shunga qaramay, ba'zilar bir ishda emas, bir nechtasida to'liq ish kunida ishlashmoqda. Xo'sh, ular qanday dasturchilar? Ularning maqsadi nima? Va bu orqali siz nimaga erishasiz?…
Post #176 1.19K
Aldanib qolmang.

Bir necha oylar ilgari dasturchilar orasida fake account bilan pul so'rab bir necha kishini aldashgan edi. Endi boshqa sxemaga o'tishibdi. Ish qidirayotganlarga o'zini o'zi band qilib u haqidagi hujjatni va yana bir qancha hujjatlarni so'rashyotgan ekan. Hech qanaqa intervyusiz, shunchaki telegramdagi yozishma orqali. Bu bir necha kishida takrorlanibdi. Banklarda o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga mikro kreditlar ajratilar ekan. Nominggizga siz bilmagan holda kredit olib yuborishlari mumkin, ehtiyot bo'lamiz. Ish topish qiyin, lekin shunaqa ish takliflari chiqib qolsa ham qattiq tekshirib, so'ng harakat qilaylik.

@elyor_dev
  • 🔥 8
  • 👍 2
Post #175 786
Symfonyda yozadigan php'chilar 4 ta komandani o'rgangach:

@elyor_dev
Post #174 824
Ba'zi sabablarga ko'ra php (symfony) o'rganishga to'g'ri kelyapti, this.service.action() o'rniga $this->service->action() ga hech ham o'rgana olmayapman((

@elyor_dev
Post #173 828
elyor.dev ChatGPT nazarida kelajakdagi dasturchilar. @elyor_dev
Chatgpt hammaga ham yoqmaydi shekilli ko'rinishidan, reaksiyalardan...
Post #172 941
ChatGPT nazarida kelajakdagi dasturchilar.

@elyor_dev
  • 🤮 11
  • 👍 1
Post #170 742

Forwarded from Ustoz Kundaligi

2 ой ишсиз юрдим

Ич-ичимдан ўйлардим. Мен ҳеч қачон ишсиз қолмайман.

Мабодо ишсиз қолсам ҳам:

а) Инглиз тили билан «любой» жойга кириб кетаман;
б) Диплом балим 96%. Давлат ишхоналари шундоқ ишга олади;
с) Иш тажрибага эгаман, умуман муаммо бўлмайди;
д) Рус тилини мулоқот даражасида биламан, талаб юқори;
э) Блогим бор. 1000 тача одам ўқийди;
ф) Амакимга алоқага чиқаман, мактабга жойлаб қўяди;
ҳ) Ўлдим деганда, устозларимга ёзаман — иш топиб беради.

Хуллас, ҳамма сабаблар бор. Ҳеч ким мени тўхтатиб қололмайди!

Ичимда ўйлаган кун келди. Бирдан ишсиз қолдим:

а) Инглиз тили мактаблари тўлган;
б) Диплом баҳойим билан итам қизиқмади;
с) Қаерларда ишлагансан дейдиган одам йўқ;
д) Рус тилини идеал билиш керак дейишди;
э) Блогимда ёздим. Ёрдам бўлмади;
ф) Амаким ишга жойлай олмади;
ҳ) Устозлар дуо қиламиз деёлди холос..

2 ой қийналдим. Қарзга ботдим. Эркак киши ишсиз қолиши азоб экан..

Охири тушундим — обрўли жойда ўқишим, яхши жойларда ишлашим, хуллас барчаси — тиришқоқлигимдан эмас, балки Аллоҳнинг раҳматидан экан.

Биз унутувчимиз. Сабаблар билан ўралашиб қоламизда, барча нарсанинг ортида Аллоҳ турганини эсдан чиқарамиз. Ўзим эришяпман деган ҳиссиёт ўтади.

а, б, с, д... алфавит тўла сабаб бўлмайдими — Аллоҳ изн бермаса бир тийн экан.

Сиз ишонаётган — амаки, тоға, амма. хола, оппоқ дода ёрдам беришга қодир эмас. Ишонаверинг.

Охири синиқлик билан таҳажжудда дуо қилдим.

Бирдан йўлим очилди. Бир нечта жой ишга чақиришни бошлади. Ҳаммаси жойига тушди.

Хулоса, дунёнинг илми сизда бўлса ҳам, 20 йиллик мутахассис бўлсангиз ҳам, 88 та тил билсангиз ҳам — Аллоҳ изн бермаса бир тийн.

Ва уларга: «Сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилиб ўтган бутларингиз қани?!

Улар сизларга ёрдам бера олурми ёки ўзлари ёрдам ола билурми?!», дейилди.

Шуъаро (92,93)


@Ustoz_kundaligi
  • 🔥 17
  • 👍 5
  • 👏 1
Post #168 725

Forwarded from Khamidulla Inoyatov

Las entrevistadoras también lloran

Bir yildan beri Algorithms Problem Solving dan intervyu olayotgan bo‘lsam ko‘p xollarda “Meni boshqa ishim yo‘qmi o‘zi?”, “Nega suhbatni hozir to‘xtata olmayman?”, “Nega bu kandidat lar suhbatga tayyorlanib kelmasdan mening vaqtimni olyapti?” deb o‘ylab qolaman. Suhbatdan so‘ng men bilan birga suhbatga kirgan hamkasbim bilan gaplashganimizda odatda “Shuncha vaqt uvol bo‘ldi”, “Nahotki bilimi yo‘q odam omadim kelib o‘tib ketaman deb o‘ylaydi?” deb bir-birimizdan so‘rab qolamiz.
Suhbatga kirganlarni quyidagi toifalarga bo‘lsa bo‘ladi:
• Cheaterlar - AI yoki boshqa odam suhbat jarayonida yordam berib tursa interviewerlar bilmaydi deb o‘ylaydiganlar.
• Algorithm haqida eshitgan lekin umuman masala ishlab ko‘rmaganlar - corner case larni xar birini yozib chiqqungacha suhbat vaqti tugab qoladi.
• Algorithm haqida eshitgan, masala ishlab ko‘rgan lekin umuman “text editor” ishlatmaganlar - kerakli method yoki kerakli package ni eslay olmaydi va suhbat vaqti tugab qoladi.
• “Java developer” lar - 80% intervyu ga kelib yiqilib ketadiganlar. Uzun uzun qatorlarni text editor da yozgunigacha vaqt o‘tib ketadi. Method nomlarini, package nomlarini eslay olishmaydi. Method signature ni yozgungacha o‘zi nima deb yozgani eslay olmaydi. O‘zgartirish kiritishni so‘rasangiz kodni qanday to‘g‘rilashni bilmay qoladi.
• “Interview virgin” lar - maktabni bitirib ish qidirayotganlar. Orasida yaxshi kandidat lar Problem Solvingdan o‘tsa xam hozirgi vaqtlarda kelasi bosqichlardan yiqilib ketishadi. Nimagadir orasida Python developerlar ko‘p. Java juda xam kamayib ketgan.
• Masalani ishlab berdim endi men ishga oladi deb o‘ylaganlar - masalani qanday ishlaganiga xam bog‘liq kelasi bosqichga o‘tish o‘tmaslik. Bu haqida pastda batafsilroq gaplashamiz.
• “Ninja Algorithm Problem Solving developer” lar - hayotda juda kam uchrarkan tog‘risi. Asosan Go, Python, va C++ da ko‘d yozishadi. (Karl C++ yozishadi). Java developerlardan interviewdan o‘tganini eslay olmayman. Balkim menga uchramagandir.
Suhbatdan o‘tmaydiganlarni boshqa tariflarini gapirsam til ojiz. O‘zbek tilidagi lug‘at boyligim yetmayapti 😭.

P.S. Suhbatdan kimlar o‘ta olishini birinchi qo‘ldan eshitmoqchimisiz? Unda postga like bosing, shunda keyingi postda aytib o‘taman 😉.
P.P.S. Xozir yana interview ga kirib ketyapman ko’ramiz nima bo’larkan
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👌 1
Post #167 897
E'lon

Yakshanba, 29-sentabr soat 21:00 da titanlar jangi bo'layotgan ekan. Aytishlaricha React vs Vue and Angular emish... Jangni tomosha qilish shu yerda [link].

Baribir React top! Qattiq chalg'imanglar

#titanlar_jangi #react_top

@elyor_dev
  • 🔥 11
  • 👎 4
  • 💯 3
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #162 910

Forwarded from GDG Tashkent (Khumoyun Inoyatov)

🔥 GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling!

Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Diyorbek Sadullaev, Pinterest;
- Doniyor Yusupov, Uzum Market;
- Umar Sadullaev, Unicon Soft;

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7-Sentabr, 2024
🕙 Vaqt: 14:00
📍 Joy: IT Park, Muminov 7/1

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/

* Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sig’imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi.

@gdgtashkent
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Post #161 850
Webstorm aytishi bo'yicha ismimni floor ga o'zgartirishim kerak ekan.

#typo #webstorm #joke

@elyor_dev
  • 🤣 19
  • 👍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →