TGViewer
elyor.dev elyor.dev @elyor_dev · 250 subscribers
Post #168 725

Forwarded from Khamidulla Inoyatov

Las entrevistadoras también lloran

Bir yildan beri Algorithms Problem Solving dan intervyu olayotgan bo‘lsam ko‘p xollarda “Meni boshqa ishim yo‘qmi o‘zi?”, “Nega suhbatni hozir to‘xtata olmayman?”, “Nega bu kandidat lar suhbatga tayyorlanib kelmasdan mening vaqtimni olyapti?” deb o‘ylab qolaman. Suhbatdan so‘ng men bilan birga suhbatga kirgan hamkasbim bilan gaplashganimizda odatda “Shuncha vaqt uvol bo‘ldi”, “Nahotki bilimi yo‘q odam omadim kelib o‘tib ketaman deb o‘ylaydi?” deb bir-birimizdan so‘rab qolamiz.
Suhbatga kirganlarni quyidagi toifalarga bo‘lsa bo‘ladi:
• Cheaterlar - AI yoki boshqa odam suhbat jarayonida yordam berib tursa interviewerlar bilmaydi deb o‘ylaydiganlar.
• Algorithm haqida eshitgan lekin umuman masala ishlab ko‘rmaganlar - corner case larni xar birini yozib chiqqungacha suhbat vaqti tugab qoladi.
• Algorithm haqida eshitgan, masala ishlab ko‘rgan lekin umuman “text editor” ishlatmaganlar - kerakli method yoki kerakli package ni eslay olmaydi va suhbat vaqti tugab qoladi.
• “Java developer” lar - 80% intervyu ga kelib yiqilib ketadiganlar. Uzun uzun qatorlarni text editor da yozgunigacha vaqt o‘tib ketadi. Method nomlarini, package nomlarini eslay olishmaydi. Method signature ni yozgungacha o‘zi nima deb yozgani eslay olmaydi. O‘zgartirish kiritishni so‘rasangiz kodni qanday to‘g‘rilashni bilmay qoladi.
• “Interview virgin” lar - maktabni bitirib ish qidirayotganlar. Orasida yaxshi kandidat lar Problem Solvingdan o‘tsa xam hozirgi vaqtlarda kelasi bosqichlardan yiqilib ketishadi. Nimagadir orasida Python developerlar ko‘p. Java juda xam kamayib ketgan.
• Masalani ishlab berdim endi men ishga oladi deb o‘ylaganlar - masalani qanday ishlaganiga xam bog‘liq kelasi bosqichga o‘tish o‘tmaslik. Bu haqida pastda batafsilroq gaplashamiz.
• “Ninja Algorithm Problem Solving developer” lar - hayotda juda kam uchrarkan tog‘risi. Asosan Go, Python, va C++ da ko‘d yozishadi. (Karl C++ yozishadi). Java developerlardan interviewdan o‘tganini eslay olmayman. Balkim menga uchramagandir.
Suhbatdan o‘tmaydiganlarni boshqa tariflarini gapirsam til ojiz. O‘zbek tilidagi lug‘at boyligim yetmayapti 😭.

P.S. Suhbatdan kimlar o‘ta olishini birinchi qo‘ldan eshitmoqchimisiz? Unda postga like bosing, shunda keyingi postda aytib o‘taman 😉.
P.P.S. Xozir yana interview ga kirib ketyapman ko’ramiz nima bo’larkan
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👌 1
More from @elyor_dev
  1. Jun 29, 2026#tekin Tekin! Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Said…
  2. May 26, 2026Qurbon hayiti muborak boʼlsin!
  3. Apr 5, 2026Mobx Endi Mobx'ning ishga tushish tezligi, ma’lumotlarni tahlil qilish va Proxy bilan ishl…
  4. Mar 20, 2026Ҳайит айёми муборак бўлсин!
  5. Feb 18, 2026Ramazon muborak bo'lsin!
  6. Jan 8, 2026wakatime.com statistikasiga qaraganda, 2025-yilda PHPda o'rtacha php'chidan 4 marta kamroq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →