TGViewer
Channel Public Channel
elyor.dev

elyor.dev

@elyor_dev

- Shaxsiy fikrlar hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin

© Elyor Shodiyorov
Subscribers
250
Photos
97
Videos
3
Links
86
Recent Posts 19 shown
Post #200 221

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

#tekin Tekin!

Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Saidolim Jo'rayev darslarini youtubega joylabdi.

Ushbu videoda nimalarni o‘rganasiz:
• Local AI nima va u qanday ishlaydi
• AI modellarini kompyuteringizda ishga tushirish usullari
• Ollama va boshqa Local AI vositalari bilan ishlash
• Local va Cloud AI yechimlarini taqqoslash
• Maxfiylik, xarajat va unumdorlik jihatidan afzalliklar
• Local AI'dan kundalik ish va real loyihalarda foydalanish

Agar siz AI'dan internetga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanishni, o‘z ma‘lumotlaringizni maxfiy saqlashni yoki Local AI imkoniyatlarini o‘rganishni istasangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi.

Mana

@sardoroga_blog
YouTube AI Dars #10 - Local AI | UzTech UK Local AI yordamida AI modellarini internetga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z kompyuteringizda ishga tushirish maxfiylik, tezlik va xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Ushbu videoda Local AI nima ekanligi va Ollama yordamida AI modellarini lokal ishga…
  • 🔥 4
Post #199 359
Qurbon hayiti muborak boʼlsin!
  • ⚡ 4
  • 🎉 1
Post #198 517
Mobx

Endi Mobx'ning ishga tushish tezligi, ma’lumotlarni tahlil qilish va Proxy bilan ishlash JavaScript dvijoklarini stress-test qilishda asosiy mezon sifatida ishlatiladi.

JetStream 3 (V8 va WebKit jamoalarining birgalikdagi benchmarki) ning yaqinda qilingan relizida rasman mobx-startup testi paydo bo'ldi.

https://blog.chromium.org/2026/03/jetstream-3-a-modern-benchmark.html?m=1

#mobx #standart

@elyor_dev
Chromium Blog JetStream 3: A modern benchmark for high-performance, compute-intensive Web applications We’re incredibly excited to announce the release of JetStream 3, built in close collaboration with Apple, Mozilla, and other partners in t...
Post #197 467
Ҳайит айёми муборак бўлсин!
  • ❤ 5
  • ⚡ 2
Post #196 576
Ramazon muborak bo'lsin!
  • ⚡ 5
  • 🔥 2
  • 🎉 1
  • 😇 1
Post #195 789
wakatime.com statistikasiga qaraganda, 2025-yilda PHPda o'rtacha php'chidan 4 marta kamroq yozibman. Ammo hali ham rezyumemda php qo'shilmagan, vaqti keldimikan?)

#php #joke

@elyor_dev
Post #194 1.05K
elyor.dev Framework Agnostic Core Odatda, biz real hayotda ishlatadigan, hayolimizda aynan biz ishlatayotgan framework uchun ishlab chiqilgandek tuyiladigan kutubxonalarning (library) framework agnostic (frameworkka bog'lanmagan) core qismi bo'ladi. So'ng frameworklar…
MVVM with Mobx.

Yuqorida keltirilgan code environment ham tanlamaydi, ham SSR ham SPA'da bir xil ishlaydi.
ViewModellar dependencylarni constructorda olgani bois testing'da juda oson mock qilish mumkin. React uchun life cycle hooklar ham VM lar ichida mavjud, shuningdek NextAuth.js (next-auth) bilan ham integratsiya qilingan.
Ishlatilgan stack: Nextjs, Mobx, react-hook-form, zod, NextAuth.js, Jest.

Nextjs bilan tug'iladigan noqulayliklarni anchaga kamaytira oladi deb o'ylayman.
Repositoryga link: https://github.com/elyor-sh/next-mobx-example

Bunday usulda yozishni taminlaydigan barcha utility helperlar src/shared/lib da joylashgan

#mvvm #mobx #nextjs

@elyor_dev
  • ⚡ 1
Post #192 504
Framework Agnostic Core

Odatda, biz real hayotda ishlatadigan, hayolimizda aynan biz ishlatayotgan framework uchun ishlab chiqilgandek tuyiladigan kutubxonalarning (library) framework agnostic (frameworkka bog'lanmagan) core qismi bo'ladi. So'ng frameworklar uchun adapterlar yoziladi. Rasm'da shunday kutubxonalardan biri react-hook-form mobx bilan "do'stlashtirilgan" varianti.

Bu repo'da bir nechta libraryni MVVM pattern'da ishlay olishligi uchun birlashtirishga harakat qildim. Bunaqa usulda yozilgan codeda hooklar ishlatilmaydi, component uchun kerakli barcha logika VM (view-model) larda yoziladi. Modellarda esa pure data saqlanadi, hech qanaqa logika bo'lmaydi, aynan pure data. Component data'larni VM lar orqali o'qiydi, handlerlar, side-effectlar barchasi VM larda joylashadi. Buning yana bir yaxshi tarafi logicni UI dan ajratib test qilsa ham bo'ladi. ViewModellar aynan reactga bog'lanmagani sabab uni istalgan boshqa framework yoki native js da ham ishlatish mumkin. Qolgani keyingi postda..

@elyor_dev
  • 👍 2
Post #191 307

Forwarded from Khumoyun Codes

Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
YouTube Nega dasturchi tadbirkor bo'lolmaydi? Qudrat Abdurahimov | TechGurung Salom dasturchilar 👋🏻 Bugalgi mehmonimiz ustozlarning ustozi Qudrat Abdurahimov. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissani birga eshitamiz. Suhbat bo'yicha fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring…
Post #189 1.06K

Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)

ok
  • 🤣 10
Post #188 1.25K
Oxirgi vaqtlarda fullstack dasturchilarga talab nisbatan oshgandek. Aksariyat vakansiyalarda fullstacklar so'ralyapti. Sababi nima ekan?

@elyor_dev
  • 💯 2
Post #187 1.25K
Bugungi arafa kuni va ertangi Hayit ayyomi muborak bo'lsin musulmon ahli!
  • 🤝 3
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #186 1.56K
Tavsiya

Click'da senior dasturchi, Husniddin aka, "Advanced Nodejs" kursi tashkil qilibdilar. Kimga qiziq bo'lsa marhamat: https://t.me/husniddinblogi/74

ELYORDEV2025NODE ushbu promokod bilan aloqaga chiqsanggiz, 15% chegirma ham qilib beradilar.

@elyor_dev
Telegram Husniddin | Dasturlash blogi Assalomu alaykum! Mening ismim Husniddin, Senior Node.js dasturchiman. Sohada 7+ yillik faoliyatim davomida bir nechta mahalliy va xalqaro kompaniyalarda ishlab tajriba orttirdim. Kasbim bo’yicha orttirgan tajribalarim, izlanishlarimga asoslanib Advanced…
  • ⚡ 6
  • 🏆 2
Post #185 1.03K
Ha do'stlar, yangi davr boshlanishidek go'yo

@elyor_dev
  • ⚡ 7
Post #184 1.58K
Diqqat (fokus)

Oxirgi paytlarda o'zimda diqqatni bir ishda jamlash qiyin yoki imkonsiz bo'layotganligini ko'p sezyapman. Bunday muammo atrofimdagi yaqinlarimda ham kuzatilyotganini ko'p aytishyapti, yozishyapti. Bundan 10 yilcha avvallari, abituriyentlikda, qattiq o'qir edik. Bitta masala ustida soatlab o'tirib, fikr yuritishimiz mumkin edi. Ya'ni bir ishda diqqatni jamlash muammo emas edi. Hozirgi va o'sha davrni solishtiradigan bo'lsam, farq chalg'ituvchi narsalar doim yonimizda, ulardan foydalanish esa juda osonligida ekan. Qo'limizdagi gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar, ish bahonasida har 5 minutda ochiladigan telegram. Hamma hammasi bizdan o'g'irlayotgani bizning diqqatimiz.

O'zimda sezilgan "kasallik": har 3-4 minutda telegramni ochib bo'lar bo'lmas xabarlarni o'qish. Mute qilish ham yordam berayotgani yo'q.

Diqqatni jamlay olmaslik samaradorlikka salbiy ta'sir qiladi. 2 soatlik ish 6-7 soatga vaqt oladi. Yangi ilmlarni egallashni esa juda qiyinlashtiradi. Bunaqa holatlar e'tibordan chetda qolmasdan, sabablari bilan albatta kurashilishi kerak.

Sizda ham shunday muammo bormi? Bunday "kasallik"ga qarshi qanday kurashmoqdasiz?

@elyor_dev
  • 🔥 9
  • 👏 1
Post #183 744
Ҳайит айёми муборак бўлсин!
  • 🎉 7
  • ❤ 4
  • 👍 2
Post #182 913
"react": "^16.10.2"

Bugun qiziq "bug"ga duch keldim. React'ning yuqorida ko'rsatilgan versiyasida (eski projectda shu versiya ekan)

document.addEventListener('keyup', handleSlideChange)


ushbu code handleSlideChange ichida necha marta setState chaqirilgan bo'lsa, shuncha marta rerender chaqirar ekan. Qiziq tarafi quyidagi codeda bunaqa muammo yo'q.
<button onClick={handleSlideChange}>Press</button>


Sababi batching ekan, hozircha handleSlideChange function ichidagi codelarni ReactDOM.unstable_batchedUpdates(() => ...) ichida chaqirish yechim bo'ldi.

#react #batching #legacy

@elyor_dev
  • ⚡ 7
  • ✍ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @elyor_dev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for elyor.dev: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does elyor.dev have?
elyor.dev (@elyor_dev) has 250 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does elyor.dev know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →