TGViewer
elyor.dev elyor.dev @elyor_dev · 250 subscribers
Post #184 1.58K
Diqqat (fokus)

Oxirgi paytlarda o'zimda diqqatni bir ishda jamlash qiyin yoki imkonsiz bo'layotganligini ko'p sezyapman. Bunday muammo atrofimdagi yaqinlarimda ham kuzatilyotganini ko'p aytishyapti, yozishyapti. Bundan 10 yilcha avvallari, abituriyentlikda, qattiq o'qir edik. Bitta masala ustida soatlab o'tirib, fikr yuritishimiz mumkin edi. Ya'ni bir ishda diqqatni jamlash muammo emas edi. Hozirgi va o'sha davrni solishtiradigan bo'lsam, farq chalg'ituvchi narsalar doim yonimizda, ulardan foydalanish esa juda osonligida ekan. Qo'limizdagi gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar, ish bahonasida har 5 minutda ochiladigan telegram. Hamma hammasi bizdan o'g'irlayotgani bizning diqqatimiz.

O'zimda sezilgan "kasallik": har 3-4 minutda telegramni ochib bo'lar bo'lmas xabarlarni o'qish. Mute qilish ham yordam berayotgani yo'q.

Diqqatni jamlay olmaslik samaradorlikka salbiy ta'sir qiladi. 2 soatlik ish 6-7 soatga vaqt oladi. Yangi ilmlarni egallashni esa juda qiyinlashtiradi. Bunaqa holatlar e'tibordan chetda qolmasdan, sabablari bilan albatta kurashilishi kerak.

Sizda ham shunday muammo bormi? Bunday "kasallik"ga qarshi qanday kurashmoqdasiz?

@elyor_dev
  • 🔥 9
  • 👏 1
More from @elyor_dev
  1. Jun 29, 2026#tekin Tekin! Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Said…
  2. May 26, 2026Qurbon hayiti muborak boʼlsin!
  3. Apr 5, 2026Mobx Endi Mobx'ning ishga tushish tezligi, ma’lumotlarni tahlil qilish va Proxy bilan ishl…
  4. Mar 20, 2026Ҳайит айёми муборак бўлсин!
  5. Feb 18, 2026Ramazon muborak bo'lsin!
  6. Jan 8, 2026wakatime.com statistikasiga qaraganda, 2025-yilda PHPda o'rtacha php'chidan 4 marta kamroq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →