TGViewer
Channel Public Channel
Ustoz Kundaligi

Ustoz Kundaligi

@ustoz_kundaligi

“Zamonaviy Pedagog” kursi hammuassisi — Mohir Mirzaxmedovning blogi.

• Pedagogikaga oid foydali postlar
• Shaxsiy tajribalar va fikrlar
• 1000+ o‘qituvchi “Zamonaviy Pedagog” kursimizni tamomlagan 🚀

Admin: @light_upon_light2
Alter ego: @mohirspeaks
Subscribers
19.9K
Photos
344
Videos
47
Links
258
Recent Posts 18 shown
Post #1640 1.87K
TA’LIMNING TARBIYA FUNKSIYASI:
USULLAR QANDAY?

Ta’lim shunchaki aqlli odamlarni ko‘paytirishi bilan qadrli emas. Yuksak intellekt va mahorat zulm yo‘lida qo‘llanishidan odamzot hozirgacha qancha aziyat chekmadi, deysiz.

Ta’lim insonparvarlikni uyg‘otishga, o‘stirishga xizmat qilishi uchun uning mazmunini inson borlig‘i haqida faol fikrlash, insoniy muammolarni his etish va axloqiy tanlovni amalga oshirishga undovchi amaliy topshiriqlar bilan boyitish kerak.

Buning oddiy yo‘llari:

a) biografik metod – biror ilmiy kashfiyotni quruq fakt sifatida emas, balki ularni yaratgan olimlarning hayoti, iztiroblari, xatolari va axloqiy izlanishlari orqali yetkazish (masalan, astronomiya darsida – sayyoralar harakati qonuniyatlarini kashf etgan buyuk astronom Iogan Kepler 6 yil afsungarlikda ayblangan 73 yoshli onasini sudda shaxsan himoya qilgan);

b) axloqiy dilemma metodi – mavzu doirasida shunday muammoli masalalar qo‘yiladiki, ularga yagona to‘g‘ri javob bo‘lmaydi (masalan, biologiyada gen o‘zgartirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, bir tarafdan, dunyoda ochlik bilan kurashda qo‘l kelsa, ayni vaqtda ularning odamlar salomatligiga uzoq muddatli ta’siri hali to‘liq o‘rganilmagan);

v) detsentratsiya metodi – o‘quvchini muammoga boshqa bir inson, tarixiy shaxs yoki hatto qiyin ahvolda qolgan jonzot nigohi bilan qarashga o‘rgatish (masalan, adabiyot darsida biror asarni o‘rganishda undagi e’tibordan chetda qolgan yoki jamiyatda kamsitilgan qahramonlar nomidan insho yoki monolog yozish);

g) ijtimoiy loyihalashtirish metodi – nazariy bilimlarni amaliy yordamga aylantirish, ya’ni «Darsda o‘rganganlarimiz bilan kimga va qanday yordam bera olamiz?» degan savolga javob izlash (masalan, matematika darsida butun va qism mavzusini o‘rganishda tabiiy ofatdan jabrlangan aholiga gumanitar yordamni teng va adolatli taqsimlash misolini ko‘rib chiqish).

Dunyoda urchib ketayotgan buzg‘unchilik, odamoxunlik haqida ko‘p noliymiz. Ayni vaqtda o‘ylanib qolamiz, nega ona tili darsida “Azizjon bugun mehmonga bordi” gapida ega-kesimni aniqlashni o‘rgatar ekanmiz, davomida “Azizjon yo‘ldan singlisi qo‘lini ushlab o‘tdi”, degan axloqiy syujetni qo‘shib qo‘ysa bo‘lmaydi?

Fizikadan og‘irlik o‘lchov birliklarini o‘rganishda an’anaviy masalalar qatorida masalan, agar bir oila kuniga o‘rtacha 0,5 kg ovqatni isrof qilsa, bu bir yilda qanchani tashkil etishi, ushbu isrof qilingan mahsulotni kuniga nechadir gramm oziq-ovqat iste’mol qiluvchi qancha odamni ta’minlash mumkinligi haqida masala yechish to‘ydirish mumkinligini hisoblang, deb vazifa qo‘yishga nima halaqit beradi?]

Formula sodda: ta’lim fan doirasida bilim berish ekan, bu jarayon boshqaning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishga undasin, bundan olingan axloqiy tushunchalar shaxsiy hayotga qanday tadbiq etilishi mumkinligiga ishoralar qilinsin.

Asosiysi, avvalo, shuni tushunib yetish zarurki, chinakam insoniy tarbiyaga yakkam-dukkam tadbirlar emas, kundalik ta’limning mazmunini insonparvarlashtirish orqali erishish imkoniyati ko‘proq!

@Ustoz_kundaligi
  • ❤ 26
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ⚡ 1
  • 🏆 1
Post #1639 3.32K
TA’LIMNING TARBIYA FUNKSIYASI:
ZARURAT NIMADA?

Yangi o‘quv yilini ham eson-omon boshlab oldik. Millionlab o‘quvchilar qatori minglab o‘qituvchilarni ta’lim dargohlari qarshi oldi. An’anaga ko‘ra, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarida albatta, katta-kichik mutasaddilar o‘quvchi-yu ustozlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilagan, ozgina o‘git-nasihat qilgan bo‘lishi kerak. O‘sha murojaatnomalar qatoriga “Ustoz kundaligi” jamoasi jahon miqyosida mashhur bo‘lgan bir kichkina xatni ham qistirib o‘tishni foydali ko‘rdi.

Bu xat ilk bor amerikalik mashhur pedagog-psixolog olim Xaim Ginottning 1972-yil Nyu-Yorkda nashr etilgan “O‘qituvchi va bola: ota-onalar va o‘qituvchilar uchun kitob” nomli asari (Haim G. Ginott, Teacher and Child: A Book for Parents and Teachers)da keltirilgan. Muallif ta’kidlashicha, bu xatni Ikkinchi jahon urushida konsentratsion lager mahbusi bo‘lgan, urushdan keyin esa maktab direktori lavozimida ishlagan odam har yili o‘quv yili boshida o‘z o‘qituvchilariga yuborar ekan:

“Aziz ustoz! Men konslagerda o‘limdan bir qolgan odamman. Ko‘zlarim inson ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rdi. Gaz hidlatib o‘ldiruvchi kameralar – ularni bilimli muhandislar qurgandi. Bolalar – ularni bilimli shifokorlar zaharlagandi. Chaqaloqlar – ularni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tibbiy hamshiralar o‘ldirgandi. Ayollar va go‘daklar – ularni o‘rta maktab va universitet bitiruvchilari otib tashlagan, yoqib yuborgandi. Shuning uchun men ta’limga ishonch bilan emas, balki shubha bilan qarayman.

Mening iltimosim shu: o‘z o‘quvchilaringizga inson bo‘lishni o‘rganishga yordam bering.

Sizning sa’y-harakatingiz hech qachon aqlli vahshiylar, o‘z ishining ustasi bo‘lgan ruhiy majruhlar, bilimli Eyxmanlar paydo bo‘lishiga olib kelmasligi kerak. O‘qish, yozish va hisoblash faqat farzandlarimizni yanada insoniyroq bo‘lishga yordam bergan taqdirdagina muhimdir.”

Zamonaviy pedagogika nazariyasida direktorning bu ohu-nolasi “Ta’limni insonparvarlashtirish” tamoyili deyiladi. Bu tamoyil har qanday fandagi formula, qonuniyat yoki faktlar ortida inson taqdiri va axloqiy tanlov turganini ko‘rsatish orqali o‘quvchida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalash mumkin, degan qarashga tayanadi.

Buni aniq olingan alohida fanlarni o‘qitishda, konkret darsda qanday amalga oshirish mumkin? Postning ikkinchi qismi shu haqda bo‘ladi.

P.S. Aytgancha, direktor “Eyxmanlar”, deganda Gitler hukumatida konsentratsion lagerlarga odamlarni yuborishning logistikasini boshqargan va 6 million odamning o‘limiga sababchi, deb hisoblanuvchi Adolf Eyxmanga ishora qilgan.

@Ustoz_kundaligi
  • 🔥 28
  • 👏 10
  • ❤ 9
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
  • 🆒 1
Post #1638 3.44K
2 soatda 500 kishi! 🔥

Qabulimiz yopildi. Ulgurganlarga tabrik.

Nasib, endi 26-27-sentyabr kunlari darslarimiz bo‘lib o‘tadi.

Men: “Darsni jonlantirish: o‘quvchilarni jalb qilishning 10 texnikasi”, mavzusida dars o‘taman.

Foydali bo‘ladi, inshaalloh.

@Ustoz_kundaligi
  • 🔥 47
  • ❤ 12
  • 😍 7
Post #1637 3.74K
Va nihoyat, siz kutgan oʻsha lahza keldi!

Ko‘p yillardan beri o‘qituvchilarning og‘riqli muammolaridan biri bo‘lgan o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish muammosiga 26–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Darslarni qiziqarli qilish metodikasi” bo‘yicha interaktiv darsimizda yechim beramiz.

Nasib qilsa, ushbu darsimiz har bir o‘qituvchiga birdek foydali bo‘ladi.

Joylar soni cheklangan: 30 000 kishidan atigi 500 kishi qabul qilinadi.

Marhamat, birinchilardan bo‘lib qo‘shilib oling:

❗️Qabul yopildi.
  • 🔥 30
  • ❤ 9
  • 👍 4
  • 😁 2
  • 🙏 2
Post #1636 4.44K
Ustoz Kundaligi O‘qituvchilikni endi boshlaganimda shaxsan o‘zim 3 yil qattiq qiynalganman. Bolalar gapimni eshitmasdi, doimiy stressga tushardim, o‘zimga bo‘lgan ishonchim pasayib ketardi... Qanday rivojlanishni, nima qilishni bilmay boshi berk ko‘chada qolgan kezlarim…
Afsuski, 26–27-sentabr kunlari o‘tkazadigan jonli efirimizga hammani ham qabul qila olmaymiz.

Rostini aytganda, biz darsimiz shunchaki minglab odamlar yig‘iladigan zerikarli dars bo‘lib qolishini xohlamadik. Har bir ustozning muammosini chuqur eshitib, real yechim beradigan sifatli, amaliy dars o‘tishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, berayotgan ilmimiz va o‘qituvchilar bilan muloqotimiz yanada samarali bo‘lishi uchun atigi 500 ta o‘rin ajratildi. Bu o‘rin Muhammad bilan ikkimizning blogimiz uchun.

Siz 500 talikka kirish uchun qariyb 35 000 kishilik auditoriya ichidan ulgurishingiz kerak.

Ertaga soat 20:00 da dars bo‘ladigan kanal linkini beraman. O‘tkazib yubormang!

@Ustoz_kundaligi
  • ❤ 47
  • 👍 18
  • 🔥 10
  • 😍 7
Post #1635 4.99K
O‘qituvchilikni endi boshlaganimda shaxsan o‘zim 3 yil qattiq qiynalganman. Bolalar gapimni eshitmasdi, doimiy stressga tushardim, o‘zimga bo‘lgan ishonchim pasayib ketardi...

Qanday rivojlanishni, nima qilishni bilmay boshi berk ko‘chada qolgan kezlarim ham bo‘lgan.

Bu haqida yaqinda chiqqan videomda o‘z boshimdan kechirgan o‘sha "qon bilan yozilgan" tajribalarimni batafsil bo‘lishgandim.

Aynan o‘zim boshimdan o‘tkazgan bu muammolarga mantiqiy yechim sifatida do‘stim Muhammad bilan birgalikda 26-27-sentabr kunlari "Darsni qiziqarli qilish metodikasi" bo‘yicha maxsus interaktiv dars o‘tishni rejalashtirdik!

Nasib qilsa, ertaga soat 20:00'da dars boʻladigan kanal linkini ulashaman.

@Ustoz_kundaligi
  • ❤ 72
  • 👍 27
  • 🔥 16
Post #1634 5.11K
Ustoz Kundaligi Doʻstim Muhammadni yaxshi taniysiz, 6 yildan beri pedagogika sohasida faoliyat yuritadi. Hozirda akademik rahbar sifatida o'qituvchilarga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'rgatib kelyapti. Uning tajribasi va bilimlari ko'plab ustozlarga o'z metodikasini…
Bugun ustozlar uchun yangiliklar ulashadigan kunim shekilli!

Sizga qoʻshimcha sovgʻa sifatida yana bir xushxabar bilan kelyapman.

Muhammad ustozlarni doim qiynaydigan eng og‘riqli mavzulardan biri — moliyaviy erkinlik va daromadni oshirish sirlari haqida juda foydali video tayyorlabdi.

15 daqiqa vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki behuda o‘tkazib yuborishingiz ham mumkin. Yoki ushbu videoni ko‘rib, qanday qilib yuqori daromadli ustozga aylanish mumkinligini bilib olsangiz bo‘ladi!

Videoni ko’rib, fiklaringizni yozib qoldiring. Ko’proq ustozlarga yetib borishiga hissa qo'shsangiz ham xursand bo'lardik.

👇 Marhamat, tomosha qiling:
https://youtu.be/WGZ--qaDPHA?si=hGyciuRr3rZMzPYY
  • 🔥 20
  • ❤ 6
  • 👍 6
  • 👏 2
Post #1633 5.44K
Doʻstim Muhammadni yaxshi taniysiz, 6 yildan beri pedagogika sohasida faoliyat yuritadi. Hozirda akademik rahbar sifatida o'qituvchilarga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'rgatib kelyapti.

Uning tajribasi va bilimlari ko'plab ustozlarga o'z metodikasini yangilashga yordam bergan.

Biz u bilan birgalikda ko'pchilikni qiynayotgan asosiy muammo — "Darsni qiziqarli qilish texnikalari" mavzusida katta interaktiv dars oʻtib bermoqchimiz.

Sizga avvalgi postda xabar bergan yangiligim ham aynan shu edi.

Nasib qilsa ertaga darsimiz sanalarini e'lon qilib, yana-da batafsil ma'lumotlarni ulashaman.

Rasmda chapdan men, o‘ngdan Muhammad. Xitoyning Shanghai shahrida ta'lim safaridamiz.

@Ustoz_kundaligi
  • ❤ 50
  • 👍 12
  • 🔥 7
  • ⚡ 2
  • 👏 1
  • 😍 1
Post #1632 5.31K
Esingizda bo‘lsa, yaqinda o‘quvchim Sabrina haqida post yozgan edim.

Shundan so‘ng ko‘p o‘qituvchilardan menga murojaatlar kelib tushdi. Ular o‘quvchilarni darsga qiziqtirish muammosi qiynayotganini aytib, mendan maslahat so‘rashdi.

Murojaatlardan kelib chiqib, ustozlarni qiynayotgan ushbu muammoga to‘laqonli yechim topishga harakat qildim.

Agar siz ham Sabrina bilan bo‘lgan holatdagidek, o‘quvchini darsga qiziqtirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, “🔥” bosib turing.

Sizni quvontiradigan ajoyib yangiligim bor!
  • 🔥 395
  • ❤ 13
  • 👍 9
  • 🙏 1
Post #1631 5.18K
Kecha joylagan videomiz bir kun ichida 4 000 marta ko‘rilibdi! 🔥

Izohlarda ko‘pchilik video foydali bo‘lganini yozibdi. Insonlarning jami 108 soatini ta’limga sarflashiga sababchi bo‘lganimdan ich-ichimdan xursandman.

Hali ko‘rmagan bo‘lsangiz, ko‘rishni boshlang. Sizga ham foydasi tegadi, degan umiddaman.

Videoga izoh yozib, qo‘llab-quvvatlang. Ko‘proq ustozlarga yetib borsin!

👉 https://youtu.be/e818o8E736E?si=7fPgXOLiIHEPGqD1
  • ❤ 39
  • 👍 15
  • 🔥 8
  • 😍 5
  • 🙏 2
Post #1630 7.88K
Tengqurlardan ortda qolib ketdim…

Kimdir institutni 22 yoshida tugatadi, lekin yana 3 yilini ish izlashga sarflashi mumkin.

Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatga erishib, biror joyda direktor bo‘lishi va 40 yoshida vafot etishi mumkin.

Kimdir 50 yoshda rahbar bo‘ladi va 90 yoshgacha yashaydi.

Kimdir 32 yoshga to‘lib hali ham bo‘ydoq, kimdir esa 26 yoshda farzandli bo‘lgan va endi ajrashishga tayyorlanmoqda.

Makron 36 yoshida prezident bo‘lgan, Robert Mugabe esa 63 yoshida.

Shumaxer 25 yoshida chempion edi, Nino Farino o‘zining poygadagi ilk titulini 44 yoshida qo‘lga kiritgan.

Uorren Baffet 56 yoshiga kelib milliarder bo‘ldi, Sukerberg esa 23 yoshida.

Kayli Jenner 21 yoshida eng yosh ayol milliarderga aylangan, ko‘plab yosh yigitlarni ortda qoldirib.

Mashhur irland pivosi muallifi Artur Ginnesning 56 yoshida 21 ta farzandi bo‘lgan. Jorj Kluni 55 yoshga kirib ota bo‘lgan.

O‘ziga xos poyga bo‘lgan bu hayotda har kim o‘z yo‘lida, o‘z vaqt mintaqasida yuguradi.

Olam ko‘p qirralik va noaniqlik ustida qurilgan.

Vaqt — bu farq.

O‘ylab ko‘rsak, bu dunyodagi hamma narsa nisbiylik nazariyasiga ega. Ayrim do‘stlaringiz sizdan oldinda, kimlardir esa orqada. Hammasi tabiiy.

Har bir insonning o‘z soat mintaqasida o‘z masofasi bor. Hasad qilmang, qiyoslang — ular o‘z mintaqasida, siz esa o‘zingiznikida.

Hayot bu o‘z lahzangizni, o‘z startgingizni kutish va u sari harakatlanib borish demakdir. Kutmoq va umid qilmoq kerak!

Siz kechikmaysiz!

Siz erta ham boshlamaysiz!

Siz o‘z vaqtingizdasiz!

Stanislav Yaroshenеo

@Ustoz_Kundaligi
  • ❤ 127
  • 👍 48
  • 💯 15
  • 🔥 12
  • ⚡ 4
  • 🙏 3
Post #1629 9.6K
Yangi ustozmisiz? Bu video siz uchun!

O‘qituvchilikni boshlaganimda shaxsan o‘zim 3 yil qiynalganman. Bolalar gapimni eshitmasdi, stressga tushardim, o‘zimga bo‘lgan ishonchim pasayib ketardi. Qanday rivojlanishni, nima qilishni bilmasdim.

Ammo vaqt o‘tdi. Alhamdulillah, qiyinchiliklar ortda qoldi. O‘z ustimda ishladim. Kam bo‘lmadim.

Boshim devorga tegib-tegib, tajriba orttirdim...

Bu videoni aynan men kabi o‘qituvchilikning ilk bosqichida bo‘lgan va rivojlanishni istayotgan ustozlar uchun tayyorladim. Unda «qon bilan yozilgan» tajribalarimni ulashishga harakat qildim.

Hoziroq ko‘rib, fikrlaringizni yozib qoldiring:
👉https://youtu.be/e818o8E736E?si=Ts3sc9D9cmXq2YSJ
  • ❤ 45
  • 🔥 3
Post #1628 6.15K
Kanalimizda yangi ustozlar bormi?

— 🔥 bosib yuboring.

Sizga ajoyib yangiligim bor!
  • 🔥 415
  • 👍 22
Post #1626 7.19K
Futbol bilan boshlangan kun podkast bilan tugadi

Kunning ikkinchi yarmida, men bilgan eng kuchli prodyuser Humoyun Sabirov bilan uchrashdik. Onlayn ta’lim haqida suhbatlashdik.

Kun oxirida esa uzoqdan beri kutgan podkastimizni oldik. Mehmon — Zulfiya Rashidova bo‘ldilar.

Menimcha, podkastlarimiz tarixidagi eng qiziq podkast bo‘lsa kerak.

Odam kulaverib ham charchab qolishini his qildim. Chiqsa, ko‘rishlaringiz shart!

Sizning kuningiz qanday o‘tdi?

@Ustoz_kundaligi
  • 👍 33
  • ❤ 22
  • 🔥 5
Post #1624 7.58K
Qizim mendan xafa bo‘libdi.

Har kuni kamida 1 soat qizim bilan aylanamiz, o‘ynaymiz.

Vestminsterda magistraturam kechqurun bo‘lgani va “Zamonaviy Pedagog” kursiga tayyorlanayotganimiz uchun 1 haftadan beri kechqurunlari ishdaman.

Qizim xafa bo‘libdi.

Kecha shartta ishdan erta chiqib, uyga yo‘l oldim. Bolalar o‘yingohiga bordik. Birga maza qilib o‘ynadik.

Keyin, gul olib berdim. Qaytib yarashib oldik. 🤝 😅

O‘ylab qolaman, o‘zi farzandlarimizga yetarlicha vaqt ajratyapmizmikan-a?

@Ustoz_kundaligi
  • ❤ 213
  • 💯 28
  • 🏆 26
  • 👍 11
  • 🔥 8
  • 😍 6
Post #1623 6.6K
Erta tongdan futbol.

Tongni sport bilan boshlash mazada...

@Ustoz_kundaligi
  • 👍 43
  • ❤ 22
Post #1622 6.36K
Kursimizda o‘qib chiqqan bir nechta ustozlarimiz talaba bo‘lib turib, mashhur xususiy maktablarga ishga joylashib ketishdi.

Ularni ajratib turgan narsa — rivojlanish va ozgina harakatchanligi edi.

O‘zi o‘ylab qarasam, rivojlanayotgan ustozlar hozir bozorda suv va havodek kerak bo‘lyapti. Kanal yuritganim uchun bilaman: “O‘qituvchi topishga yordam bering”, deb ko‘p yozishadi.

O‘qituvchi ko‘p, rivojlanayotgani esa kam.

Do‘stim Muhammad bilan ham shu masalada ko‘p gaplashamiz. Hozir o‘zi 200 ga yaqin o‘qituvchisi bor maktabda akademik rahbar.

Hozirda o‘ziga akademik jamoa tashkil qilyapti. Metodistlar kerak.

O‘z ustingizda ishlaydigan, tajribali ustoz bo‘lsa topshiring.

Ushbu post orqali ma’lumot oling: https://t.me/vakansiya_mudarris/63
  • ❤ 28
Post #1621 6.35K
Bugun o‘tgan yilgi o‘quvchim — Sabrina meni ko‘rgani kelibdi.

Roppa rosa 1 yil oldin birinchi marta dars o‘tishni boshlaganman.

Aytishicha, 11-sinfgacha tarixga umuman qiziqmagan ekan. Sohasi iqtisod edi.

Keyin, yil boshida darslarga qiziqishni boshladi. Bir oyni ichida tarixdan AP imtihoni topshirishga qaror qildi.

Dastlab qiynaldik. Tushunishi qiyin bo‘ldi. Ammo keyin qiziqib ketdi. Imtihondan 5 bahoni qo‘lga kiritdi.

Undan ham qizig‘i — hozir o‘zi tarixdan dars berishni boshladi.

O‘ziga o‘xshash oldin tarixga qiziqmagan, o‘qimagan bolalarga qanday uslublar qo‘llashimni o‘rganishga kelibdi.

Dars berish, qiziqtirish oson emasligini tushunib yetdi shekilli)

Qo‘ldan kelgancha maslahat berdik.

O‘z fanimga qiziqtirolganimdan xursand bo‘lib ketdim.

@Ustoz_kundaligi
  • 🔥 113
  • ❤ 50
  • 👍 19
  • 😍 7
  • 🐳 2
  • 🏆 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ustoz_kundaligi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ustoz Kundaligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ustoz Kundaligi have?
Ustoz Kundaligi (@ustoz_kundaligi) has 19.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ustoz Kundaligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →