Aldanib qolmang.
Bir necha oylar ilgari dasturchilar orasida fake account bilan pul so'rab bir necha kishini aldashgan edi. Endi boshqa sxemaga o'tishibdi. Ish qidirayotganlarga o'zini o'zi band qilib u haqidagi hujjatni va yana bir qancha hujjatlarni so'rashyotgan ekan. Hech qanaqa intervyusiz, shunchaki telegramdagi yozishma orqali. Bu bir necha kishida takrorlanibdi. Banklarda o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga mikro kreditlar ajratilar ekan. Nominggizga siz bilmagan holda kredit olib yuborishlari mumkin, ehtiyot bo'lamiz. Ish topish qiyin, lekin shunaqa ish takliflari chiqib qolsa ham qattiq tekshirib, so'ng harakat qilaylik.
@elyor_dev
Post #176
1.19K

- 🔥 8
- 👍 2