TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61694 637
📌 GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

🔰 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

📚 Xususan, Ma’rifat soati mashg‘ulotlari doirasida yoshlar orasida narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik munosabati bilan fakultet tyutorlari tomonidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

✅ Bugun fakultet tyutori I.Xayrullayev o‘ziga biriktirilgan 16T-26 hamda 14SI-26 guruhlari talabalari ishtirokida giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy tarqalishining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

💬 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda hushyorlik va mas’uliyatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🌱 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! Yoshlarni giyohvandlik kabi zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etadi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • 👍 2
More from @dtpi_uz
  1. Oct 14, 2026⚽️ 5 MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA FUTBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI Denov tadbirkorlik va peda…
  2. Oct 14, 2026Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetining 3- va 4-sonli talabala…
  3. Oct 14, 2026Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi 2026-yil 14-okta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →