TGViewer
Channel Public Channel
DTPI rasmiy kanali
Subscribers
22.6K
Photos
52.7K
Videos
3.4K
Links
13.5K
Recent Posts 12 shown
Post #61582 824
#jarayon
“Yoshlar giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi” shiori ostida sport marafoniga start berildi
⚽️Aniq va tabiiy fanlar fakultetida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati, chaqqonligi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etmoqdalar.
✍️Shuningdek, musobaqa orqali yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni sog‘lom hayot kechirishga undash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
📌Zero, sport — sog‘lom hayot, mustahkam iroda va yorqin kelajak garovidir! Sog‘lom fikrli, jismonan baquvvat va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalash yo‘lida bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #61580 925
📢 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Ta’lim tizimida sun’iy intellekt: innovatsiyalar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

📅 Anjuman sanasi: 2026-yil 21-oktabr
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00
🌐 Format: onlayn va oflayn

📝 Maqolalar va tezislarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktabrgacha

🔹 Anjuman yo‘nalishlari:
• Ta’limda sun’iy intellektning nazariy va metodologik asoslari;
• Sun’iy intellekt asosida innovatsion ta’lim texnologiyalari;
• Intellektual hisoblash tizimlari, algoritmlar va dasturiy texnologiyalar;
• Raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning kiberxavfsizligi: muammolar va yechimlar.

📝 Maqola va tezislar 🇺🇿 o‘zbek, 🇷🇺 rus yoki 🇬🇧 ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

📚 Anjuman materiallari konferensiya to‘plamida chop etiladi. Tanlab olingan kengaytirilgan maqolalar “Tadbirkorlik va pedagogika” ilmiy-uslubiy jurnaliga tavsiya etiladi hamda inlibrary.uz platformasiga joylashtiriladi.

🔎 Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi.
🎓 Ishtirokchilar va mualliflarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

👥 Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, magistrlar, umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
📞 Administratorlar:
👤 Abdusattor Xolbekov
☎️ +998 99 058-11-75 💬 Telegram: @xolbekov75
👤 Ismoil Xushboqov
☎️ +998 90 032-96-92 💬 Telegram: @Ismoil19920531

📄 Axborot xati:
https://t.me/c/2515087655/95

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy.
🤝 Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, pedagoglar va talabalarni anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
  • 👍 3
  • ❤ 2
Post #61579 1.02K
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

✨Korrupsiyaga qarshi kurashish, har bir fuqaroning mas’uliyati.

Halollik va adolatga asoslangan muhitni shakllantirish, qonunbuzilish holatlariga befarq bo‘lmaslik barchamizning fuqarolik burchimizdir.

🤝 Jamiyat rivojini orqaga tortuvchi eng katta illat — bu korrupsiyadir. Ayniqsa, yoshlarning bilimini baholash jarayonlarida adolatning ta'minlanishi har qachongidan ham muhim.

👧 Qobiliyatli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan va halol raqobatga tayyor yoshlarimiz kelajak drayverlari hisoblanadi. Shaffoflikni ta'minlash, inson omilini kamaytirish va adolatli baholash muhitini yaratish yo‘lida barchamiz mas'ulmiz.

👮 Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat qonun bilan emas, balki har birimizning vijdonimiz va halolligimiz bilan amalga oshadi. Kelajakka qarshi jinoyatga yo‘l qo‘ymaylik!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • 👍 4
  • 🙈 1
Post #61578 1.21K
#BIZ_GIYOHVANDLIKKA_QARSHIMIZ

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” nomli ijtimoiy chellenj tashkil etildi.

Bizning shiorimiz:
✅ Sog‘lom hayotni tanlaymiz!
✅ Giyohvandlikka qarshimiz!
✅ Porloq kelajak tarafdorimiz!

✏️ Giyohvandlik — nafaqat inson salomatligiga, balki oila mustahkamligi va jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid soluvchi xavfdir. Kelajak poydevorini sog‘lom tanlovlar bilan qurish har bir yosh avlodning burchidir. Keling, zararli odatlardan voz kechib, yorqin kelajak sari birgalikda qadam tashlaylik!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #61577 1.01K
Таълим, илм-фан ва соғлиқни сақлаш масалалари учун масъул бўлган Бош вазирнинг биринчи ўринбосари — таълим ва илм-фан вазирига бириктирилган республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ҳамда бошқа ташкилотлар рўйхати тасдиқланди.

Вазирлар Маҳкамасида 12 нафар штат бирлигидан иборат Таълим, илм-фан ва соғлиқни сақлаш масалалари котибияти ташкил этилади, унинг 5 та штат бирлиги Ижтимоий ривожланиш масалалари бўлимидан, 7 та штат бирлиги эса Мактабгача ва мактаб таълими ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирликларининг қайта ташкил этилиши ҳисобига шакллантирилади.

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 

📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram
  • 👍 1
Post #61576 841

Forwarded from Edu.uz

#Xalqaro_olimpiada

🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 9–13-dekabr

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 3
Post #61575 688

Forwarded from Edu.uz

#Xalqaro_olimpiada

🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Chemistry Olympiad (ABICO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti

📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 1–5-dekabr

Kimyo faniga qiziquvchi talabalar uchun xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyati!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
Post #61574 714

Forwarded from Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish hamda tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📌 Nizomga ko‘ra:

▪️Olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni shaffof e’lon qilish uchun yagona elektron axborot tizimi yuritiladi.

✅ Respublika fan olimpiadalari 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat talabalari o‘rtasida;
2-bosqich — vazirlik tomonidan belgilangan tayanch oliy ta’lim tashkilotlarida;

▪️ Har bir bosqichda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar keyingi bosqichga tavsiya etiladi;

▪️ Olimpiadalar o‘tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Olimpiada jarayonida aloqa vositalari va qo‘shimcha manbalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;

▪️ Olimpiada natijalari musobaqa o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi;

▪️ Natijalardan norozi ishtirokchilar olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin;

▪️ O‘zbekiston talabalari ishtirok etishi lozim bo‘lgan nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanadi;

▪️ Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarni saralash, maqsadli tayyorlash va ularning ishtirokini ta’minlash alohida reglament asosida amalga oshiriladi.

🏆 G‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?


Respublika fan olimpiadalari:
🥇 1-o‘rin — talabaga 50 BHM, ustoziga 25 BHM;
🥈 2-o‘rin — talabaga 40 BHM, ustoziga 20 BHM;
🥉 3-o‘rin — talabaga 30 BHM, ustoziga 15 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti.

Xalqaro olimpiadalar:
🥇 1-o‘rin — talabaga 100 BHM, ustoziga 50 BHM;
🥈 2-o‘rin — talabaga 75 BHM, ustoziga 40 BHM;
🥉 3-o‘rin — talabaga 50 BHM, ustoziga 30 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

➡️ Shuningdek, xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga lavozim maoshining 100 foizi, respublika fan olimpiadasining II bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga esa 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

❇️ Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari, davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qo‘shimcha fan olimpiadalarini tashkil etish imkoniyati ham belgilandi.

🔖2027-yil 1-yanvarga qadar kimyo va biologiya fanlaridan talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

Markazning rasmiy sahifalari:

Veb sayt | Telegram | Instagram |YouTube | Facebook
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #61573 975

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

⏳⏳⏳⏳

Bugun 13-oktabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon trombozga qarshi kurash kuni.
🌏Xalqaro omadsizlar kuni.
🌏Xalqaro ko‘rish kuni.
🇺🇳BMT – Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni. 
🇦🇿Ozarbayjon – Temiryo‘l xodimlari kuni.
🇻🇳Vyetnam – Tadbirkorlar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1792 - AQSh Prezidenti qarorgohi (hozirgi  “Oq uy”) poydevoriga birinchi tosh qo‘yildi.
🔹1884 – Grinvich nolinchi meridian o‘tgan joy sifatida tasdiqlandi.
🔹1923 – Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga ko‘chdi.
🔹1992 – O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
🔹2019 – Keniyalik Brigid Kosgey Chikago marafonida ayollar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatdi

#tavalludlar
🔹1474 – Mariotto Albertinelli – italyan Uyg‘onish davri rassomi.
🔹1925 – Margaret Tetcher – Buyuk Britaniyaning 71-Bosh vaziri.
🔹1966 – Maksim Moshkov – rus dasturchisi, “Moshkov kutubxonasi” deb nomlanuvchi tarmoq kutubxonasini tuzgan.
🔹1982 – Yan Torp – avstraliyalik suzuvchi, jahon chempioni va rekordchisi, uch karra Olimpiya chempioni.
🔹1997 – Arina Folts – o‘zbekistonlik tennischi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #61565 1.7K
Pedagogika fakultetida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Elmurodova tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani R.Salomova, dekan o’rinbosari R.Ravshanqulova, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, “Lider qizlar” klubi raisi Sh.Mamasoliyeva, M.Niyozova hamda faol talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ta’lim olishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talaba-qizlar o‘rtasida liderlik, tashabbuskorlik va ijtimoiy faollikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @dtpi_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for DTPI rasmiy kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does DTPI rasmiy kanali have?
DTPI rasmiy kanali (@dtpi_uz) has 22.6K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does DTPI rasmiy kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →