TGViewer
Channel Public Channel
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

@deveduuz

Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi yangiliklari
📞 (71) 207-03-43
. info@devedu.uz
. www.devedu.uz
. Facebook.com/deveduuz
. Youtube.com/@deveduuz
☎️ @DevEduTakliflarBot
Subscribers
867
Photos
2.8K
Videos
442
Links
1.7K
Recent Posts 15 shown
Post #3818 87

Forwarded from Edu.uz

#Xalqaro_olimpiada

🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Chemistry Olympiad (ABICO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti

📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 1–5-dekabr

Kimyo faniga qiziquvchi talabalar uchun xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyati!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3816 119

Forwarded from Edu.uz

#Xalqaro_olimpiada

🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 9–13-dekabr

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🥰 1
Post #3815 78

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3814 96

Forwarded from Edu.uz

#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ⚡ 1
Post #3813 111

Forwarded from Edu.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;

📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;

📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;

📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;

📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;

📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;

📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;

📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;

📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;

📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;

📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;

📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;

📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #3811 157
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir.

 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

Markazning rasmiy sahifalari:

Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #3810 87

Forwarded from Edu.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3809 126

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.

​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.

—

Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.

Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.

Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
Post #3808 116
#Bilimli_qizlar

XOTIN-QIZLARNING OLIY TA’LIMDAGI FAOLLIGI


Xotin-qizlarning oliy ta’lim tizimidagi faolligini oshirish, ularning bilim olishi, ilmiy salohiyatini rivojlantirishi hamda erishayotgan yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bugungi kunda xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar, fan olimpiadalari hamda turli loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ularning ilm-fan, innovatsiya va ijtimoiy hayotdagi tashabbuslari yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xotin-qizlarning ta’lim olishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning kasbiy rivojlanishi, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bilimli, tashabbuskor va maqsadga intiluvchan xotin-qizlar — mamlakatning barqaror taraqqiyoti, ilm-fan ravnaqi va kelajak avlod kamolotining muhim tayanchidir.

Markazning rasmiy sahifalari:

Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3807 870
#7_Milliy_Dastur #35_yil_35_natija #Yetti_Yuksalish_Imkoniyati

Bilimli qiz — ma’rifatli jamiyat poydevori

“Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani — Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi”, — Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigida ilgari surilgan yettita milliy dastur yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Markazning rasmiy sahifalari:

Veb sayt | Telegram | Instagram |YouTube | Facebook
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3806 164
#kun_hikmkati

Omadsizlik ko‘pincha ahmoqlikning jazosidir.


✏️ Baltasar Grasian

Markazning rasmiy sahifalari:

Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
Post #3805 109

Forwarded from Edu.uz

#XalqaroReyting #THE_2027

O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e'lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.

“THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistonning 2 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi.

▪️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.


Ikki oliy ta’lim tashkilotining bir vaqtning o‘zida TOP-1000 talikdan o‘rin olgani O‘zbekistonda oliy ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi izchil islohotlarning muhim natijalaridan biridir.

📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:

▪️Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.


THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #3795 108

Forwarded from Edu.uz

#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.

– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.


Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.

Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Older posts →

About this channel

How can I read @deveduuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi have?
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi (@deveduuz) has 867 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →