❗️ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etishning yangi tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish hamda tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshiriladi.
📌 Nizomga ko‘ra:
▪️Olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni shaffof e’lon qilish uchun yagona elektron axborot tizimi yuritiladi.
✅ Respublika fan olimpiadalari 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat talabalari o‘rtasida;
2-bosqich — vazirlik tomonidan belgilangan tayanch oliy ta’lim tashkilotlarida;
▪️ Har bir bosqichda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar keyingi bosqichga tavsiya etiladi;
▪️ Olimpiadalar o‘tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Olimpiada jarayonida aloqa vositalari va qo‘shimcha manbalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▪️ Olimpiada natijalari musobaqa o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi;
▪️ Natijalardan norozi ishtirokchilar olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin;
▪️ O‘zbekiston talabalari ishtirok etishi lozim bo‘lgan nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanadi;
▪️ Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarni saralash, maqsadli tayyorlash va ularning ishtirokini ta’minlash alohida reglament asosida amalga oshiriladi.
🏆 G‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?
Respublika fan olimpiadalari:
🥇 1-o‘rin — talabaga 50 BHM, ustoziga 25 BHM;
🥈 2-o‘rin — talabaga 40 BHM, ustoziga 20 BHM;
🥉 3-o‘rin — talabaga 30 BHM, ustoziga 15 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti.
Xalqaro olimpiadalar:
🥇 1-o‘rin — talabaga 100 BHM, ustoziga 50 BHM;
🥈 2-o‘rin — talabaga 75 BHM, ustoziga 40 BHM;
🥉 3-o‘rin — talabaga 50 BHM, ustoziga 30 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
➡️ Shuningdek, xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga lavozim maoshining 100 foizi, respublika fan olimpiadasining II bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga esa 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
❇️ Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari, davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qo‘shimcha fan olimpiadalarini tashkil etish imkoniyati ham belgilandi.
🔖2027-yil 1-yanvarga qadar kimyo va biologiya fanlaridan talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram | Instagram |YouTube | Facebook
