O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda
Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e'lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.
“THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistonning 2 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi.
▪️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.
Ikki oliy ta’lim tashkilotining bir vaqtning o‘zida TOP-1000 talikdan o‘rin olgani O‘zbekistonda oliy ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi izchil islohotlarning muhim natijalaridan biridir.
📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:
▪️Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.
THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram