TGViewer
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi @deveduuz · 907 subscribers
Post #3825 95

Forwarded from Edu.uz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi oyda ular bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratish, ruxsat olish va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilganini ta’kidladi.

Uch yil avval boshlangan ushbu loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablag‘ yo‘naltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.

Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.

Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @deveduuz
  1. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  2. Oct 12, 2026#Xalqaro_olimpiada 🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO VA BIOLOGIYA OLIMPIADALARI…
  3. Oct 12, 2026#SI_taʼlim #Oʻquv_qoʻllanma 💡“AQLLI TA’LIMGA KIRISH” — YANGI O‘QUV QO‘LLANMA — Sun’iy int…
  4. Oct 12, 2026😍“AQLLI TA’LIMGA KIRISH” — YANGI O‘QUV QO‘LLANMA — Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qan…
  5. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  6. Oct 12, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →