— Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda?
— Kelajak ta’limi qanday bo‘ladi?
— O‘qituvchi va o‘quvchining roli sun’iy intellekt davrida qanday o‘zgaradi?
📘 Ushbu savollarga javob izlashda Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli ta’limga kirish” o‘quv qo‘llanmasi muhim manbalardan biri bo‘la oladi.
Qo‘llanmada:
🔹 aqlli ta’limning shakllanishi va rivojlanish konteksti;
🔹 sun’iy intellekt va katta til modellari;
🔹 generativ sun’iy intellektning ta’limga ta’siri;
🔹 aqlli o‘qitish va moslashuvchan o‘rganish;
🔹 intellektual baholash;
🔹 ta’limni sun’iy intellekt asosida boshqarish;
🔹 sun’iy intellekt va aqlli ta’limning axloqiy jihatlari
kabi dolzarb masalalar tizimli ravishda yoritilgan.
📚 Qo‘llanma ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda inson va sun’iy intellekt hamkorligiga asoslangan ta’lim yondashuvlarini anglashga xizmat qiladi.
📌 “Aqlli ta’limga kirish” — sun’iy intellekt imkoniyatlarini anglash, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini tushunish va kelajak ta’limiga yangicha nigoh bilan qarash uchun samalari ko‘makchi.
Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook
