TGViewer
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi @deveduuz · 889 subscribers
Post #3795 113

Forwarded from Edu.uz

#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.

– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.


Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.

Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @deveduuz
  1. Oct 10, 2026Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi pinned a photo
  2. Oct 10, 2026#Xalqaro_olimpiada 🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI Ol…
  3. Oct 10, 2026Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi pinned a photo
  4. Oct 10, 2026#Xalqaro_olimpiada 🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILAD…
  5. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →