TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61580 1.18K
📢 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Ta’lim tizimida sun’iy intellekt: innovatsiyalar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

📅 Anjuman sanasi: 2026-yil 21-oktabr
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00
🌐 Format: onlayn va oflayn

📝 Maqolalar va tezislarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktabrgacha

🔹 Anjuman yo‘nalishlari:
• Ta’limda sun’iy intellektning nazariy va metodologik asoslari;
• Sun’iy intellekt asosida innovatsion ta’lim texnologiyalari;
• Intellektual hisoblash tizimlari, algoritmlar va dasturiy texnologiyalar;
• Raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning kiberxavfsizligi: muammolar va yechimlar.

📝 Maqola va tezislar 🇺🇿 o‘zbek, 🇷🇺 rus yoki 🇬🇧 ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

📚 Anjuman materiallari konferensiya to‘plamida chop etiladi. Tanlab olingan kengaytirilgan maqolalar “Tadbirkorlik va pedagogika” ilmiy-uslubiy jurnaliga tavsiya etiladi hamda inlibrary.uz platformasiga joylashtiriladi.

🔎 Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi.
🎓 Ishtirokchilar va mualliflarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

👥 Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, magistrlar, umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
📞 Administratorlar:
👤 Abdusattor Xolbekov
☎️ +998 99 058-11-75 💬 Telegram: @xolbekov75
👤 Ismoil Xushboqov
☎️ +998 90 032-96-92 💬 Telegram: @Ismoil19920531

📄 Axborot xati:
https://t.me/c/2515087655/95

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy.
🤝 Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, pedagoglar va talabalarni anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 🤝 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 13, 2026🏆G‘alaba va faxr! 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o…
  2. Oct 13, 2026✨ Diqqat, bilimdonlar va ma’naviyat fidoyilari! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi…
  3. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
  4. Oct 13, 2026#Scopus_2026 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda Prof.…
  5. Oct 13, 2026🏸 BADMINTON MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →