TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61697 1.19K
Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
2026-yil 14-oktabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti «Ijtimoiy ish» yo‘nalishining 2-bosqich talabalari ishtirokida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Pedagogika fakulteti dekani Salomova Ra’no Vasiyevna faoliyat olib borayotgan hududdagi Oqqo‘rg‘on mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ijtimoiy himoya mexanizmlari va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni hayotiy misollar orqali o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Xalqaro maqsadlarning hayotdagi haqiqiy ifodasi — mahalladagi har bir ehtiyojmand insonni eshitish, uning muammolariga befarq bo‘lmaslik va munosib hayot kechirishiga ko‘maklashishdan boshlanadi.
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 15, 2026#kun_hikmati 🎤 Odamning qadri uning bilimi va xulqi bilan o‘lchanadi. 🪶 Abu Ali ibn Sino…
  2. Oct 14, 2026Oltinsoyda uzumchilik va milliy taomlar festivali boshlandi Oltinsoy tumanida "O‘zbekiston…
  3. Oct 14, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →