TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61725 324
Oltinsoyda uzumchilik va milliy taomlar festivali boshlandi

Oltinsoy tumanida "O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalda Surxondaryoning uzumchilik an’analari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari va sayyohlik salohiyati keng namoyish etilmoqda.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Dastlab viloyat rahbari mehmonlar va mutasaddilar bilan birgalikda shahar va tumanlar pavilonlari, milliy taomlar, meva-sabzavotlar, uzumchilik hamda vinochilik mahsulotlari ko‘rgazmalari bilan tanishdi.

Ko‘rgazmalarda hududlarning o‘ziga xos mahsulotlari, milliy qadriyatlari, hunarmandchilik namunalari va an’analari namoyish etildi. Ayniqsa, Oltinsoyning serhosil uzumzorlari, uzum navlarining xilma-xilligi va mahalliy mahsulotlar festivalning asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

Festivalning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, mahalliy mahsulotlarni keng ommalashtirish, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va hududning sayyohlik jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Festivalda viloyatning 15 ta hududi o‘zlariga xos milliy taomlar, meva-sabzavotlar, uzum navlari va hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etmoqda. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan "Dunyo taomlari va xalqlari" ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlari hamda brend restoranlar taqdimotlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Tantanali ochilish marosimi konsert dasturi bilan davom etdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohaning taniqli xonandalari, ansambllar va folklor jamoalari chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Festival tadbirlari va ko‘rgazmalari ertaga ham davom etadi. Galakonsertda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni festival tadbirlarida ishtirok etishga taklif etamiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
More from @dtpi_uz
  1. Oct 14, 2026photo post
  2. Oct 14, 2026⚽️ 5 MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA FUTBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI Denov tadbirkorlik va peda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →