TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61709 1.55K
⚽️ 5 MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA FUTBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetining 3- va 4-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur sport tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.
Sport — salomatlik garovi, birlik va do‘stlik timsoli!
  • ❤ 4
  • 👍 3
More from @dtpi_uz
  1. Oct 15, 2026ZO‘RAVONLIKKA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — XAVFSIZ JAMIYAT GAROVI 2026-yil 14-oktyabr kuni…
  2. Oct 15, 2026No comment | O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali Surxondaryo.uz | Telegram…
  3. Oct 15, 2026🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM G‘URURI, QALBIM FAXRI! 📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosa…
  4. Oct 15, 2026Post #61802
  5. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  6. Oct 15, 2026Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida O‘zbekisto…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →