TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61805 765
ZO‘RAVONLIKKA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — XAVFSIZ JAMIYAT GAROVI
2026-yil 14-oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” to’g’risida qonunning mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, tuman IIB Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.Elmurodova, psixolog D.Xolmuminova, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish, shuningdek, jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli vaziyatlarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
  • ❤ 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 15, 2026⚖️ Giyohvandlikka qarshi kurash: huquqiy targ‘ibot va amaliy mashg‘ulot ▶️ Denov tadbirkor…
  2. Oct 15, 2026No comment | O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali Surxondaryo.uz | Telegram…
  3. Oct 15, 2026🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM G‘URURI, QALBIM FAXRI! 📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosa…
  4. Oct 15, 2026Post #61802
  5. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  6. Oct 15, 2026Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida O‘zbekisto…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →