TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61794 910

Forwarded from Edu.uz

Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi. Prezidentimiz sunʼiy intellekt, raqamli taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari sunʼiy intellektning imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarga ham eʼtibor qaratib, raqamli taraqqiyot barcha uchun birdek manfaat keltirishi va texnologik rivojlanishdagi tafovutni qisqartirish zarurligini taʼkidladi.

Shu maqsadda Texnologik ishonch va sunʼiy intellektdan masʼuliyat bilan foydalanish boʻyicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi. Uni amalga oshirish doirasida OHIChK huzurida ekspertlar maydonini tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Kengashning Inson mezoni boʻyicha koordinatori sifatidagi faoliyati doirasida kelgusi yili mamlakatimizda Inson salohiyatini rivojlantirish boʻyicha forum oʻtkazishga tayyorligi bildirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 2
  • 👏 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 16, 2026📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 Mavzu: “Zamonaviy ta’limda innova…
  2. Oct 15, 2026⚖️ Giyohvandlikka qarshi kurash: huquqiy targ‘ibot va amaliy mashg‘ulot ▶️ Denov tadbirkor…
  3. Oct 15, 2026ZO‘RAVONLIKKA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — XAVFSIZ JAMIYAT GAROVI 2026-yil 14-oktyabr kuni…
  4. Oct 15, 2026No comment | O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali Surxondaryo.uz | Telegram…
  5. Oct 15, 2026🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM G‘URURI, QALBIM FAXRI! 📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosa…
  6. Oct 15, 2026Post #61802
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →