Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetining 3- va 4-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari haqida tushuncha berildi. Shuningdek, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, ularning huquqiy va ma’naviy ongini yuksaltirish hamda sog‘lom hayot tarziga intilishni kuchaytirishdan iborat.
Sog‘lom hayot — yorqin kelajak garovi!
Post #61704
842





- ❤ 1
- 👍 1