Uzoq parvoz odamni juda charchatadi.
Aeroportdagi navbatlar, samolyot ichidagi quruq havo, tor o'rindiq, shovqin, ekranlar nuri, past bosim kabi omillar birga kelishi charchoq kafolati.
Men 16 yildan beri xalqaro parvozlardaman.
Shu vaqt davomida charchoq oldini olishni o'zim uchun topgandekman.
● suv: safar davomida albatta suv ichish. Oddiy emas, balki elektrolitlar bilan ichish. Sababi quruq havo suyuqlik tez yo'qolishiga sabab bo'ladi. Oddiy elektrolit yoki regidron tablekta yetarli.
● shovqin: shovqinni kamaytirish uchun men "ikki qavat quloqchin" ishlataman. Ikkisida ham shovqin yo'qotuvchi (active noise cancellation). Safardan oldin eshitmoqchi bo'lgan podcastlarni tortib olaman. Tashqaridagi tovushlar eshitilmaydi.
● kitob: ikki qavat quloqchin bilan kitob o'qish ham ancha samarali. Tashqaridagi shovqinlar, ayniqsa samolyotdagi g'uvullagan shovqin eshitilmaydi. Kitob tanlashda mazmunan yengilroq kitob tanlayman. Sababi bortda kislorod "kam" bo'ladi, miya murakkab ishlarni qilgisi kelmaydi.
● harakat: aeroportda ko'proq yurishga harakat qilaman agar vaqt bo'lsa. Ayniqsa samolyotga chiqishdan oldin.
● kiyim: Keng kiyim muhim. Beli tor kiyim kiymaslik kerak. Samolyotdagi past bosim sabab ichakdagi gazlar kengayadi. Gazli ichimlik ichmayman!
● yana kiyim: Merino yoki paxta futbolka va yengil fleece olaman. Samolyot bir sovib, bir isishi bilan mashxur.
● quloq: saqich quloq bitishiga yordam beradi.
● yana harakat: o'tirganda oyoqlarni almashtirmaslik tromb ehtimolini kamaytiradi.
● uyqu: Imkon qadar kunduzi uxlamaslikka, kechasidagi uyquni saqlab qolishga o'zimni majburlab harakat qilaman. Agar manzilga kechasi borsam, soat farqiga qaramay ertalab doim turadigan vaqtda turishga harakat qilaman. Bir kecha uyqu yomon bo'ladi, ammo jet-lag tez yo'qoladi.
● qahva: ichgim kelsa parvozdan oldin ichaman. Parvoz vaqtida emas. a) ta'mi juda yomon b) uyqu rejimini buzadi
● styuardessalarga tabassum qilaman, ammo gaplashmayman. O'zi shundoq ham ishi juda ko'p ularni.
Bek Olimjon
02.10.26
Riga
Post #1155
8.96K
