Hozir 4 yoshli o'g'lim o'qib bering deb kitoblarini ko'tarib keldi.
Ham norvegcha, ham o'zbekcha.
Har safar meni hayron qoldiradigan narsa bu ikki tildagi yozilish usulidagi farq.
Hattoki ona tilim o'zbek tili bo'lgan menga ham bu ikki kitobdan norveg tilidagisini o'qish osonroq.
E'tibor bersak, norveg tilidagi kitobda bitta gap 5-6 so'zdan ko'p emas.
Shu kitoblarini qo'ymaydi. Doim o'qishni xohlaydi.
***
Yozishda, ayniqsa bolalar uchun, gaplar imkon qadar qisqa va sodda bo'lishi kerak.
Murakkab so'zlar ishlatilmasligi muhim.
Bola uchun tanish bo'lgan so'zlargina ishlatilishi kerak.
Iboralar ishlatilmasligi kerak. Kundalik ishlatiladigan gaplar bilan yozish muhim.
Bola kitob bilan bog'liqlik hosil qilishi uchun uni tushunishi juda muhim.
Bola tushunmadimi, kitobdan voz kechadi.
Buni ikkita farzand katta qilayotgan ota sifatida tajribamdan aytishim mumkin.
Shunday bo'lsada, o'zbek tilida shunday rasmli kitoblar borligini o'zi quvonarli. Rivojlanish bor. Bu post customer feedback xolos 😊
Bek Olimjon
27.09.26
Norvegiya
Post #1149
13.4K

