TGViewer
Bek Olimjon Bek Olimjon @drbekolimjon · 29.1K subscribers
Post #1152 10.9K
Murabbiy bilan ishlayotganimga 1 yil bo'ldi.

O'tgan yili 1-oktyabrdan boshalgan edik.

Dastlab haftasiga 12 soatdan mashg'ulotlar qilgan bo'lsam, yozga kelib bu 15 soatga ko'tarildi.

Oxirgi 2 oyda haftalik hajm 14 soat bo'lishiga harakat qildik.

Rasm mening oxirgi 365 kundagi mashg'ulotlarim jamlanmasi. Haftasiga o'rtacha 11,5 soatdan to'g'ri kelgan.

E'tibor bersak 2 ta joyda, yanvar boshida va aprelda, keskin pasayish bor.

1. yanvarda sayohatda grip bo'lib 2 hafta yotdim
2. aprelda, Uzbda latokka tushib ketib, tizzam shikastlanib 2 hafta jiddiy shug'ullana olmadim


Qolgan vaqt esa juda yaxshi ko'rinishda. Ya'ni muntazamlik ushlab turilgan.

Bunday muntazamlik ushlab turishga eng katta yordam bergan omillar quyidagilar:

- oila va ish tartibga solingan. Vaqt oladigan hech qanday syurprizlar yo'q

- oshiqcha qisqa muddatli loyihalar yo'q

- turli sportlar (suzish, velik, yugurish, kuch) aralashmasi bo'lgani uchun jarohat xavfi pastroq

- mashg'ulotlar barchasi oson va juda oson tempda. Ya'ni zona 1 va 2 da. Sekin velik, sekin suzish, sekin yugurish. Oxirgi 1 yilda biror marta interval yugurganim yo'q.

Bunday yondashuv muntazamlikni ta'minlaydi.

Uzoq muddatli rivojlanishda esa eng muhimi - muntazamlik.

Bek Olimjon
28.09.26
Norvegiya
More from @drbekolimjon
  1. Sep 29, 2026Ko'p uchraydigan savol: Erta yoshdagi bola yaxshi rivojlanishi qaysi ilovadan foydalanish…
  2. Sep 27, 2026Oxirgi yozilgan, 4 yoshli o'g'limga kitob o'qib berish haqidagi postni sal kengaytirilgan…
  3. Sep 27, 2026Hozir 4 yoshli o'g'lim o'qib bering deb kitoblarini ko'tarib keldi. Ham norvegcha, ham o'z…
  4. Sep 26, 2026Oxirgi postni yozganimdan keyin sal kengaytiribroq yozishga ehtiyoj borligini sezdim. Quyi…
  5. Sep 26, 2026Universitetda o’qish kerakmi? Agar universitet o’rniga maqsadingiz aniq bo’lsa, u maqsadga…
  6. Sep 25, 2026Dada (39) va qiz (9) suhbatidan *** - Qizim, bola maktab darsini yoqtirmagan fanini ham o’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →