Bu post navbatdagi teskari fikrlarimdan biri
"Kitobni bir boshidan o'qish shart emas. Bolalar ham, kattalar ham."
Nega unday ekanligini avval bola misolida, keyin kattalar misolida ko'rib chiqamiz.
***
Rasmda qizimning (9) matematika darsligi. Rangli qog'ozchalar bilan belgilangan joylari u tashlab o'tib ketgan misollar.
Men qizimga darsliklarni xohlagan joyidan o'qishiga ruhsat beraman. Xohlaganicha tashlab o'tib ketishi mumkin.
Xohlasa 4-sinfni tashlab, 5-sinf darsligini qilishi ham mumkin. Xohlasa kitobni orqasidan boshlasin. Farqi yo'q. Nega tashlab o'tib ketganligi ahamiyatsiz. Balki zerikarli misoldir, balki yecha olmagandir. Bu ahamiyatsiz.
Kecha ayolim o'tirib tashlab ketilgan misollarni belgilab chiqdi.
Butun boshli 5-sinf uchun 35 ta misol tashlab ketgan. Bu juda zo'r ko'rsatkich.
Yondashuvim noto'g'ridek tuyuladi. Fikrimcha to'g'ri.
Kundalik darslariga odatda ko'p aralashmaymiz. Matematikasi uchun kuniga 10 minut ham sarflamaymiz ekan.
Agar "bir boshdan qilishing shart" degan fikrni qo'ysak, boladagi mustaqil qaror qabul qilishni (avtonomiyani) olib qo'yishimiz xavfi yuqori. Bu bola kelajagi uchun salbiy zarar qiladi.
5-sinf matematikasini "tugatdi", endi boshida yecha olmagan misollari oson bo'ladi. Meni fikrim keyingi sinfga o'tishi uchun tashlab ketganlarni yechishi shart emas.
Mantiqiy argument "bilimda bo'shliqlar bo'lib qoladi"
Men uchun bilimda bo'shliqlar bo'lishi avtonomiyadan ustun emas.
Avtonomiyasi bor bola ertaga bo'shliq sabab peshonasi urilsa o'zi o'rganib oladi.
***
Men avvallari (20 yilcha oldin) bir kitobni boshidan oxirigacha o'qishim kerak degan fikrda edim.
Keyinchalik kitoblarni "sakrab-sakrab" o'qiydigan bo'lganman.
Sababi juda ko'p kitoblar mag'zini tushunish uchun uni boshidan oxirigacha o'qish shart emasdek.
Ko'p 200-300 betli "bestseller" kitoblar mag'zini 5-10 betga sig'dirsa bo'ladi.
Juda ko'p kitoblardagi asosiy mazmun takrorlanadi.
Shuning uchun men "sakrab o'qisa mayli, agar shu bilan o'zi xohlab, o'zi tanlab ko'proq kitob o'qisa" degan fikrdaman.
Bek Olimjon
01.10.26
Norvegiya
Post #1154
10.8K
