Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi.
Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi? Chet elga ketaymi? Uylanaymi va hok.
Ulardan birinchi so'raydigan savolim: Ingliz tilini bilasizmi?
Ko'p hollarda "ha, darajam A2, B1" deyishadi. Bu degani tilni deyarli bilmaydi degani aslida.
Keyin men "shimni qo'yib til o'rganish kerak birinchi o'rinda" deyman.
Shu bilan maslahat so'ragan odam yo'q bo'lib ketadi.
Endi, ayrim injiqroq talabalar ham bor. Argument keltiradigan (ularga hurmatim baland).
Ular: "Ana anavi klinika glavrachi til bilmasdan ishlab yuriptiyu. Mana sizni kursdoshingiz falonchi mijozlari ko'p doktorku..." kabi argumentlar keltirishadi.
To'g'ri argumentlar.
Ammo ular sizdek talabalik paytida ingliz tilini o'rganganlar butun kurs bo'yicha 2-3 ta bo'lgan xolos. O'shalar hozir Uzbda emas. Siz hozir ko'rayotgan ingliz tili bilmaydigan zo'r doktorlar o'z vaqtida bilim olishga yaxshi harakat qilishgan ingliz tili bilmasa ham.
Hozirchi, kursingizda nechta odam biladi ingliz tilini?
Ana shular bilan raqobat qilasiz ertaga. Ular endi ingliz tili bilish bilan birga yaxshi harakat qilishadi.
Kelajakni sal ko'ra olish muhim.
Ingliz tili hamma narsani hal qilmaydi, ammo bilim olish sifati va tezligini hal qiladi.
Bilim sifati va olish tezligi bozorda qiymat yarata olish bilan bevosita bog'liq.
Bek Olimjon
21.09.26
Norvegiya
Post #1141
31.2K