TGViewer
Channel Public Channel
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

@dralgorithm

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Subscribers
4.6K
Photos
691
Videos
68
Links
689

Showing posts older than #989 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #988 2.38K
Qahva + UzGeeks

Bu oy turli qahvalarni sinab koʻrdim.
* Narxi turlicha 15,000 - 30,000
* Mazasi katta farq sezmadim
* Ta'siri menga bir xil boʻldi

Toshkentda ishtaxa qahva ichishga kam boʻldi. Faqat biroz miyyaga quvvat berish kerak boʻlganida ichmasangiz, boshqa payt usiz ham hayot goʻzal.

Qahva ichib oldik. Endi UzGeeks MeetUpga tayyorlanaman. Bugun mavzu zoʻr boʻladi deyishdi. Qiziq boʻlmoqda.

Siz ham tadbirga keling.

29.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 30
  • 👍 5
  • 👨‍💻 5
  • 🕊 2
Post #987 4.51K
Dr. Algorithm 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. MeetUp mavzulari: 1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
Yana bir yangilik.

Ertaga nasib qilsa UzGeeks MeetUpda ko‘rishamiz. Borish rejasidaman.


Shu bilan birga bir yangiligimiz bor. Uni ham e’lon qilishni reja qildik. Tadbirga kelganlar birinchi bo‘lib eshitadigan bo‘ldi.

Sizdan bir iltimos bor.

Agar UzGeeks tadbiridagi 3 ta mavzu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, shu yerda qoldirsangiz. Man tadbirga kiritishga harakat qilaman.

MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.


Ertaga tadbirda ko‘rishguncha. 🎉

28.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 12
  • ✍ 3
  • 🔥 3
  • 🕊 1
Post #986 2.12K
Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz Shu akani youtubeda videolarini ko'rib qoldim. Juda foydali va kerakli videolar qilishni boshlashibdi. Lekin ko'rishlar soni juda kam. Shu akani kanaliga obuna bo'lib qo'yishni tavsiya qilmoqchi edim https://www.youtube.com/@farkhod
Hatto PHP chilar Farhodni kuzatishadi.

Sardor og`a ham tavsiya qildilar.

Farhodning kanalini kuzatishni men ham tavsiya qilaman.

👉 JOIN: https://t.me/farkhod_com/392

27.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • ⚡ 8
  • 👍 6
  • 👀 4
  • 😁 2
Post #985 3.51K
UBS Toshkent | Rasmiy kanal Muvaffaqiyatli IT yo‘lining siri 27-noyabr kuni UBS Toshkent filialida o‘zgacha ruhda o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT menejeri Saidolim Jo‘rayev mehmon bo‘ldi.
Assalomu alaykum,

Bugun talabalar bilan uchrashish nasib etdi. Ilmga chanqoq, kelajakka rejalari katta bo‘lgan yoshlarni ko‘rib, odam quvonadi.

O‘zim uchun olgan bilimlar:
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.
* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.

~~~

* Savol berishdan uyalmaslik kerak.

Talabalardan bir guruhi MDCU tadbiriga oldinga kelib, universitetlariga taklif qilishdi. Man xursand bo‘ldim. Birinchidan, mehmonga chaqirishgani uchun. Ikkinchi, va asosiysi, ular kelib, gaplarini ochiq ayta olishdi. Uyalishmadi. Uyaladigan ish ham qilishmagan edi.

Tanishish uchun albatta gap boshlash kerak.


Busiz uzoq muddat tanishlaringiz soni kam bo‘ladi. Qancha ko‘p tanish-bilish orttirsangiz, ertaga hamkorlik qilish uchun sizga variantlar ko‘p bo‘ladi.

Falonchini tanisanmi? Pinchonchi bor-ku.. - degan gaplar bo‘lar edi avval. To‘g‘ri qilishar ekan.


* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.

Marra uzoq tuyulib, kaltaroq reja qilish holatlari bor. Lekin siz marrani uzoq oling. Rejalaringizni katta qiling. Shunga yarasha harakatda bo‘ling.

Jaa, bo‘lmasa, yarmiga borsangiz, shu yarmini orzu qilgan tanishingiz hali ham yetib kelmagan bo‘ladi.


* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.

Universitetda o‘qish shartmi? Diplom nima qilib beradi? - degan gaplar ancha kamayibdi. Bu quvonarli.

Universitetni bitirib ham ish topa olmayotganlar rosa ko‘p. Sababi, ular kattaroq ishlarga harakat qilishmoqda. Ular 100, 500 ta ishga topshirib, yaxshisiga ilinishmoqda. Shunday ekan, qisqa natijaga qarab xulosa qilmaylik. Hali hammasi oldinda.

Universitetda o‘qish ko‘p narsa beradi:
* Intizom
* Tanishlar
* Yangilik qilish imkoniyati


Tadbir juda zo‘r o‘tdi. Keyinchalik ham hamkorlik qilishga kelishib oldik.

UBS faoliyatiga rivoj tilayman!
🏆

27.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 17
  • 🔥 6
  • ✍ 2
  • 🕊 2
  • ⚡ 1
Post #984 2.05K
UBS Toshkent | Rasmiy kanal 👍👍👍👍 👍👍👍👍 IT va Biznes — Vebinar UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT Menejeri Saidolim Jo'rayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida: 🔺Londonda…
Talabalar boshqa olamda yashaydi. Xususiy universitet talabalari, ayniqsa biznesga qiziqadiganlari ham o`z olamlari bor.

UBS tashkil qilayotgan tadbirga mehmon qilib chaqirishdi. Shuni e'lon qilishgan ekan.
Sizga ham ulashgim keldi.

26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 9
  • 👍 4
  • 🕊 1
Post #983 1.87K

Forwarded from UBS Toshkent | Rasmiy kanal

👍👍👍👍 👍👍👍👍

IT va Biznes — Vebinar


UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT Menejeri Saidolim Jo'rayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Suhbat davomida:
🔺Londonda IT karyera qanday quriladi?
🔺 Chet el kompaniyalariga qanday ishga kirish mumkin?
🔺 Yosh IT mutaxassislarga amaliy tavsiyalar


🔘 27-noyabr, 10:00
📌 University of Business and Science, Toshkent filiali

IT va FinTech sohasida katta maqsadlari bor barcha talabalarni uchrashuvga taklif etamiz!

↗️ UBS IT Klubiga a'zo bo'ling

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
  • 🔥 7
  • 👍 1
Post #981 5.92K
📱 DevFest London 2025

22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ishtirok etishdi. Mavlonbekning LinkedIn sahifalaridan o‘qiganim bo‘yicha ularga juda foydali bo‘lgan.

Mavzular:
* Gemini 3 Pro Image & Nano modellari - real vaqt rejimida tasvir yaratish va tahrirlash jarayonlarini ko‘rish juda hayratlanarli bo‘ldi.
* Multi-Agent Workflows (ADK) - BigQuery, Qidiruv (Search) va Multimodal agentlari qanday qilib birgalikda ishlashini o‘rganish avtomatlashtirish bo‘yicha butunlay yangi dunyoqarashni ochib berdi.
* Human-in-the-Loop va vositalarni mukammal boshqarish (orchestration) - haqiqiy mahsulotlar uchun ishonchli AI tizimlarini yaratishda juda foydali.
* Open-source Gemma oilasi xronologiyasi - 2024–2025 yillarda innovatsiyalar qanchalik tez sodir bo‘layotganini ko‘rish kishini hayajonga soladi.
* Ovozli AI interfeysi demolari - real vaqtda nutqni matnga aylantirish va agentlar orkestratsiyasi meni lol qoldirdi.
- deb yozadi Mavlonbek.


Nasib qilsa boshqa shaharlarda bo‘ladigan DevFestlarda ham qatnashish nasib etsin. Toshkent, Qarshi, Guliston, Oxford, Manchester, Edinburgh, Bristol.

Men esa sizlar bilan 6 Dekabr kuni DevFest Toshkentda ko‘rishish niyatidaman.
https://t.me/gdgtashkent/1917

Tadbirlarga faol bo‘ling, Bir birimiz bilan ko‘rishib, tanishib olaylik. Ertaga katta odam bo‘lib ketganingizda, siz bilan bir piyola choy ishganmiz deb yuramiz.

Tadbirda ko‘rishguncha.

26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 21
  • 👍 9
Post #980 5.51K
Shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlay olamizmi?

Tadbirdagi shu mavzu menga juda qiziq. Chunki ko‘p o‘ylaydigan va xavfsiraydigan mavzuyim. Doim bitta ibora tilimda aylanadi:

O‘zbekistonda tizimlar va ma’lumotlar dasturchilar insofida ushlanib turibdi.


Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha qonun bor. Ammo uni amalga oshirish biz AT mutaxassislari qo‘lida. Shunga bu masalaning nozik jihatlarini biz ochib berishimiz kerak.

* Foydalangan ma’lumotlarimizni vaqtida o‘chirib yuboryapmizmi?
* Egasidan so‘ramasdan ma’lumot olmadikmi?
* Hech kim bilmaydi-ku, - zaylida ish yuritmayapmizmi?

Manim bilganlarim hozircha shular. Tadbirda ko‘proq ochib berilsa kerak. Eshitib bilimimni oshirish niyatidaman.

Sizda ham shaxsiy ma’lumotlar bilan muammo bo‘lganmi?


Agar qiziq holatlar (case) bo‘lsa, izohda qoldiring. Muhokama qilamiz.

24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • 💯 1
Post #979 2.42K
UzGeeks Community 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. ⚜️Meetupʼda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi: 1️⃣ Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2️⃣ IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3️⃣ Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
Assalomu alaykum,

Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi.
29 Noyabr, Shanba
kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.

MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.


Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan.

Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay.
Shanba kuni ko`rishguncha.

24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 9
  • 👍 5
  • 🎉 3
  • 👏 1
Post #974 3.14K
MDCU 2025 tadbiri haqida fikrlarim

Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi.
Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayotgan jamoa uchun katta yutuq.

1. Mavzular juda dolzarb va qiziqarli.
* So‘zga chiqqanlar va taqdimotchilar tajribalari kitoblardan topib bo‘lmaydigan ilm bo‘ldi.
* Taqalib, yechimini topa olmagan muammoingni ayta oladigan payt.
* Hayotiy tajriba esa, kelajak rejalaringni tuzishga yordam beradi.

2. Tanish-bilish. Menga eng yoqqan qismi.
* Juda ko‘p mutaxassislar bilan ilk marotaba yuzma-yuz ko‘risha oldik. Turli mavzularda suhbatlashdik.
* Yoshlarimiz uyalmasdan: Siz bilan tanishsam bo‘ladimi? - degan yondashuvi menga yoqdi. Aynan shu bizga yetishmayotgan xislatlardan biri.
* Hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan loyihalar ham chiqdi.

Bitta gap, sen uchun sodda bo‘lgan narsa, boshqasi o‘ylab ko‘rmagan va yechim qidirayotgan muammo bo‘lishi mumkin.


Nasib qilsa, keyingi tadbirlarga ham qatnashish niyatidaman. U yerda ham yangi ilm egalari bilan tanishaman deb o‘ylayman.

P.S. Ismlar lavhasida o`zimni topishga Gemini 3 yordam berdi.

24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 21
  • 🔥 2
  • 🗿 1
Post #972 2.93K
Event-Driven Architectures with .NET & Azure
— Erkin Mukhammedkulov


Event bus juda nozik mavzu. Uning aynan muammolarini olib chiqib berdilar.
Muammolarni turli kategoriyalarga bo‘lib, nimalarga e'tibor berish kerak ekani, qanday yechimlari bor ekanini yoritib berdilar.

Mavzu og‘ir, lekin hazil bilan to‘ldirilgan taqdimotlari ma'lumotni oson hazm qilishga yordam berdi.


Savollar ham qiziq bo‘ldi. Menga bitta javoblari yoqdi, shuni aytmasam bo‘lmaydi.

- 30 yoshdan kattalar bormi? qarsak chalilar 👏 👏 👏
- ana endi, Microservice bilan ishlash sizlar uchun qiyin. Buni bilib turibsiz.

Lekin sizdan keyingi yosh avlod bunga tayyor.


(aytmoqchilar-ki, biz kattalar qo‘rqqan va hazm qila olmaydigan texnologiyalarga yoshlarimiz tayyor va yechimlarga oson erishishmoqda)

P.S. Tadbirning bu postini yubora olmagan ekanman. Internet ishlamay qolgan ekan. Shu sababli eski sanani qoldiraman.

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 8
  • 🔥 1
Post #970 2.92K
Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev

Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola hayajonda.

Lekin oʻzini yoʻqotmadi.


Birdan savol-javobga oʻtib ketdi. Taqdimotini tahlab berishganida, davom etib ketdi.

Barakalla.

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 20
  • 👍 7
Post #967 2.97K
Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov

Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishlashda biror jarayonni qolibga solish koʻp vaqt oladi.

Jahongir aka aynan shuni andoza qilib, tushuntirib berdilar.

* Metrika yasash
* Qaysi metrika nimaga yordam beradi
* Metrika kiritilgach Dasturchilar ichida challange koʻpaygan.
* Oʻzini koʻrsatgichini koʻrib, harakati oshgan dasturchilar voqeasi

kabi juda koʻp qiziqarli maʼlumot berdilar.

Loyiha boshqaruvingizga kiritsangiz, juda foydali boʻladi.

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 6
  • 👍 2
  • 🤝 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →