TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #985 3.51K
UBS Toshkent | Rasmiy kanal Muvaffaqiyatli IT yo‘lining siri 27-noyabr kuni UBS Toshkent filialida o‘zgacha ruhda o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT menejeri Saidolim Jo‘rayev mehmon bo‘ldi.
Assalomu alaykum,

Bugun talabalar bilan uchrashish nasib etdi. Ilmga chanqoq, kelajakka rejalari katta bo‘lgan yoshlarni ko‘rib, odam quvonadi.

O‘zim uchun olgan bilimlar:
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.
* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.

~~~

* Savol berishdan uyalmaslik kerak.

Talabalardan bir guruhi MDCU tadbiriga oldinga kelib, universitetlariga taklif qilishdi. Man xursand bo‘ldim. Birinchidan, mehmonga chaqirishgani uchun. Ikkinchi, va asosiysi, ular kelib, gaplarini ochiq ayta olishdi. Uyalishmadi. Uyaladigan ish ham qilishmagan edi.

Tanishish uchun albatta gap boshlash kerak.


Busiz uzoq muddat tanishlaringiz soni kam bo‘ladi. Qancha ko‘p tanish-bilish orttirsangiz, ertaga hamkorlik qilish uchun sizga variantlar ko‘p bo‘ladi.

Falonchini tanisanmi? Pinchonchi bor-ku.. - degan gaplar bo‘lar edi avval. To‘g‘ri qilishar ekan.


* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.

Marra uzoq tuyulib, kaltaroq reja qilish holatlari bor. Lekin siz marrani uzoq oling. Rejalaringizni katta qiling. Shunga yarasha harakatda bo‘ling.

Jaa, bo‘lmasa, yarmiga borsangiz, shu yarmini orzu qilgan tanishingiz hali ham yetib kelmagan bo‘ladi.


* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.

Universitetda o‘qish shartmi? Diplom nima qilib beradi? - degan gaplar ancha kamayibdi. Bu quvonarli.

Universitetni bitirib ham ish topa olmayotganlar rosa ko‘p. Sababi, ular kattaroq ishlarga harakat qilishmoqda. Ular 100, 500 ta ishga topshirib, yaxshisiga ilinishmoqda. Shunday ekan, qisqa natijaga qarab xulosa qilmaylik. Hali hammasi oldinda.

Universitetda o‘qish ko‘p narsa beradi:
* Intizom
* Tanishlar
* Yangilik qilish imkoniyati


Tadbir juda zo‘r o‘tdi. Keyinchalik ham hamkorlik qilishga kelishib oldik.

UBS faoliyatiga rivoj tilayman!
🏆

27.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 17
  • 🔥 6
  • ✍ 2
  • 🕊 2
  • ⚡ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →