Bugun farzandim maktabidan maktub oldim.
Ajablantirgani uchun bu haqida yozishni ma’qul topdim.
Maktab har yili farzandingiz rasmini qayerda chop etish mumkin ekani haqida ruxsat so‘raydi. Siz uning rasmini veb sahifada, ijtimoiy tarmoqda va hatto devoriy gazetada chop etish mumkin ekaniga ruxsat/rad berasiz.
Bir tomondan bu qulay, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqda ko‘rmaysiz.
Ikkinchi tomondan esa, jamoa bo‘lib safarga chiqishganida tushgan rasmlarini hamma ko‘ra olmaydi.
Endi esa yangilik!
Maktab bolalar rasmlarini olishda ularning yuzini rasmga olmaslik, ijtimoiy tarmoqqa qo‘ymaslikka o‘zi qaror qildi.
Hozirgi kungi SI davrida Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi muammo bo‘lib turgani uchun, DeepFace kabi narsalar chiqib ketgani uchun, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqqa chiqarmaslikni o‘zligi tavsiya qilishmoqda.
Maktab ma’muriyati esa, rasmlarni olishda imkon qadar yuz tushmaydigan yoki tanimaydigan qilib rasmga olishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Texnologik yangilik Ta’limga juda kech kirib keladi, - deb o‘ylar edim.
Buni ko‘rib, hayratda qoldim. Ta’limga birinchilarga tatbiq qilishibdi.
04.09.2026 London
@DrAlgorithm
