TGViewer
Channel Public Channel
UBS Toshkent | Rasmiy kanal

UBS Toshkent | Rasmiy kanal

@ubs_toshkent

“University of Business and Science” nodavlat oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali rasmiy kanali

Onlayn murojaatlar uchun bot: @ubsuzbekistan_bot
Murojaat uchun: +998555202626
Subscribers
1.98K
Photos
3.7K
Videos
452
Links
1.5K
Recent Posts 9 shown
Post #4612 428

Forwarded from University of Business and Science

👉👉👉👉👉👉

UBSning ikki jamoasi Premyer ligada!

🎭 “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining Premyer liga 5-mavsumi ishtirokchilari e’lon qilindi va saralash bosqichida universitetimiz sharafini himoya qilgan ikki jamoa — “UBS Yulduzlari” hamda “Kelajak Yulduzlari” jamoasi Premyer liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu natija — talabalarimizning ijodkorligi, topqirligi va jamoaviy harakatining yana bir yorqin ifodasi.

👏 Jamoalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va Premyer liga bahslarida ularga omad hamda yorqin g‘alabalar tilaymiz!

🏛 UBS bilan yangi marralarga yo‘l oching!

Rasmiy sahifalarimiz:
😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin
😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
  • ❤ 3
Post #4610 2.15K
👍👍👍👍👍

🏆 UBS futbol jamoasi — keyingi bosqichda!

Students Cup turnirida ishtirok etayotgan UBS futbol jamoasi muvaffaqiyatli natija qayd etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi!

Jamoamizga navbatdagi uchrashuvlarda ham omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Olg‘a, UBS!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #4606 650
👍👍👍👍👍

Islom sivilizatsiyasi markazida sayyor dars tashkil etildi

🕌 Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida TMK/25-01 guruhi talabalari uchun “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi katta o‘qituvchilari D. Axmadqulov va S. Azizova ishtirokida sayyor dars tashkil etilib, unda Islom sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti, uning jahon ilm-fani, madaniyati hamda ma’naviy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Dars davomida talabalar markazdagi tarixiy eksponatlar va manbalar bilan yaqindan tanishib, ularning mazmuni hamda tarixiy ahamiyati yuzasidan o‘qituvchilarning izohlarini tingladilar. Shuningdek, mavzu doirasida fikr almashilib, talabalarning savollariga javob berildi.

ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston va jahon islom sivilizatsiyasiga oid boy ilmiy, tarixiy va madaniy merosni o‘rganish, asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biridir.


Bunday sayyor darslar nazariy bilimlarni tarixiy manbalar va real eksponatlar bilan uyg‘unlashtirib, talabalarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi hamda milliy va umuminsoniy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
  • ❤ 6
  • 🔥 2
Post #4602 683
📕 Siz izlagan kitob sizni izlab topganda

UBSda kitobsevarlar uchun turli nashrlar bilan tanishish, o‘z qiziqishlariga mos adabiyotlarni topish va shaxsiy kutubxonasi uchun yangi kitoblarni tanlash imkonini bergan kitob yarmarkasi tashkil etildi.


📕 Kitob yarmarkasi — bu nafaqat yangi kitob xarid qilish, balki ilgari e’tiboringizdan chetda qolgan muallif, mavzu yoki yo‘nalishni kashf etish uchun ham yaxshi imkoniyat.

Axir ba’zan tasodifan tanlangan bir kitob tasodifiy bo‘lmagan qiziqishning boshlanishiga aylanashi mumkinligi hech kimga sir emas.

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
  • ❤ 4
Post #4598 647
👍👍👍👍👍

☀️  Go‘zallarga qo‘shib bersin go‘zal hayo.
🦋  An’anani momolardan meros bilsa —
🦋  Jilosiga butun dunyo lol-mahliyo
🌺  O‘zbek qizi atlas ko‘ylak kiyib yursa.

Go‘zal urf-odatlarga shunchaki havas bilan boqmasdan, ularni davom ettirishgandagina boqiy bo‘ladi.

Aynan shuning uchun har juma UBSliklar o‘zbegimning milliy liboslarini avaylab kiyib, an’analarni bugungi kun va o‘z uslubida ehtirom ila davom ettirib kelishyapti.


🌸 Moda avloddan avlodga o‘zgaradi. Libos bichimi, uyg‘unliklar, nafosat haqidagi tasavvurlar yangilanadi. Ammo shunday qadriyatlar bor-ki, ular momolardan onalarga, onalardan qizlarga o‘zgarmas va aziz meros bo‘lib o‘tadi.

👍Toki yangi avlod ularni qayta-qayta tanlar ekan, o‘zligimiz yo‘qolmaydi, azaliy an’analar davom etaveradi.

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
  • ❤ 7
  • 😁 1
Post #4596 643
👍👍👍👍👍

🎭 “Kelajak yulduzlari” QVZ sahnasida!

UBS Toshkent filialining “Kelajak yulduzlari” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichida universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, o‘z chiqishi bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Sahnadagi hazil, ijodkorlik va jamoaviy ruh — talabalarimizning nafaqat ta’limda, balki turli ijodiy yo‘nalishlarda ham faol ekanini yana bir bor namoyon etdi.

👏 “Kelajak yulduzlari” jamoasiga keyingi bosqichlarda omad va yanada katta yutuqlar tilaymiz!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
Post #4595 650
UBS Toshkent | Rasmiy kanal Video message
Kitob yarmarkasi boshlandi… kitobxonlar, qanisizlar? 🤓
Post #4586 1.12K
📒Yoshlar bilan muloqot ularni tinglashdan boshlanadi

UBS Toshkent filiali direktori Ravshan Xudayberganov talabalar bilan uchrashib, filial rahbariyati va yoshlar o‘rtasida bevosita muloqot o‘tkazdi.


😜 Universitet uchun bunday muloqot talabalar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning fikrini tinglash hamda yoshlar rahbariyatga bevosita murojaat qila oladigan ochiq muhitni shakllantirish imkonini beradi.

👍UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
  • 🆒 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ubs_toshkent without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UBS Toshkent | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UBS Toshkent | Rasmiy kanal have?
UBS Toshkent | Rasmiy kanal (@ubs_toshkent) has 1.98K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UBS Toshkent | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →