Islom sivilizatsiyasi markazida sayyor dars tashkil etildi
🕌 Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida TMK/25-01 guruhi talabalari uchun “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi katta o‘qituvchilari D. Axmadqulov va S. Azizova ishtirokida sayyor dars tashkil etilib, unda Islom sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti, uning jahon ilm-fani, madaniyati hamda ma’naviy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dars davomida talabalar markazdagi tarixiy eksponatlar va manbalar bilan yaqindan tanishib, ularning mazmuni hamda tarixiy ahamiyati yuzasidan o‘qituvchilarning izohlarini tingladilar. Shuningdek, mavzu doirasida fikr almashilib, talabalarning savollariga javob berildi.
ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston va jahon islom sivilizatsiyasiga oid boy ilmiy, tarixiy va madaniy merosni o‘rganish, asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biridir.
Bunday sayyor darslar nazariy bilimlarni tarixiy manbalar va real eksponatlar bilan uyg‘unlashtirib, talabalarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi hamda milliy va umuminsoniy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!
UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊Telegram | 😊 Instagram |😊ubsu.uz



