22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ishtirok etishdi. Mavlonbekning LinkedIn sahifalaridan o‘qiganim bo‘yicha ularga juda foydali bo‘lgan.
Mavzular:
* Gemini 3 Pro Image & Nano modellari - real vaqt rejimida tasvir yaratish va tahrirlash jarayonlarini ko‘rish juda hayratlanarli bo‘ldi.
* Multi-Agent Workflows (ADK) - BigQuery, Qidiruv (Search) va Multimodal agentlari qanday qilib birgalikda ishlashini o‘rganish avtomatlashtirish bo‘yicha butunlay yangi dunyoqarashni ochib berdi.
* Human-in-the-Loop va vositalarni mukammal boshqarish (orchestration) - haqiqiy mahsulotlar uchun ishonchli AI tizimlarini yaratishda juda foydali.
* Open-source Gemma oilasi xronologiyasi - 2024–2025 yillarda innovatsiyalar qanchalik tez sodir bo‘layotganini ko‘rish kishini hayajonga soladi.
* Ovozli AI interfeysi demolari - real vaqtda nutqni matnga aylantirish va agentlar orkestratsiyasi meni lol qoldirdi.
- deb yozadi Mavlonbek.
Nasib qilsa boshqa shaharlarda bo‘ladigan DevFestlarda ham qatnashish nasib etsin. Toshkent, Qarshi, Guliston, Oxford, Manchester, Edinburgh, Bristol.
Men esa sizlar bilan 6 Dekabr kuni DevFest Toshkentda ko‘rishish niyatidaman.
https://t.me/gdgtashkent/1917
Tadbirlarga faol bo‘ling, Bir birimiz bilan ko‘rishib, tanishib olaylik. Ertaga katta odam bo‘lib ketganingizda, siz bilan bir piyola choy ishganmiz deb yuramiz.
Tadbirda ko‘rishguncha.
26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm

