Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi.
Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayotgan jamoa uchun katta yutuq.
1. Mavzular juda dolzarb va qiziqarli.
* So‘zga chiqqanlar va taqdimotchilar tajribalari kitoblardan topib bo‘lmaydigan ilm bo‘ldi.
* Taqalib, yechimini topa olmagan muammoingni ayta oladigan payt.
* Hayotiy tajriba esa, kelajak rejalaringni tuzishga yordam beradi.
2. Tanish-bilish. Menga eng yoqqan qismi.
* Juda ko‘p mutaxassislar bilan ilk marotaba yuzma-yuz ko‘risha oldik. Turli mavzularda suhbatlashdik.
* Yoshlarimiz uyalmasdan: Siz bilan tanishsam bo‘ladimi? - degan yondashuvi menga yoqdi. Aynan shu bizga yetishmayotgan xislatlardan biri.
* Hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan loyihalar ham chiqdi.
Bitta gap, sen uchun sodda bo‘lgan narsa, boshqasi o‘ylab ko‘rmagan va yechim qidirayotgan muammo bo‘lishi mumkin.
Nasib qilsa, keyingi tadbirlarga ham qatnashish niyatidaman. U yerda ham yangi ilm egalari bilan tanishaman deb o‘ylayman.
P.S. Ismlar lavhasida o`zimni topishga Gemini 3 yordam berdi.
24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm


