TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #937 2.58K
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi [2-qism]

[1-qism] [3-qism] [4-qism] [5-qism]

Nima uchun korxonalar yosh dasturchi (junior)larni xushlamaydi?

Buning sabablari har bir korxona uchun turlicha. 

1. Kichik korxona (StartUp)larda - Bizning jamoa juda kichik. Juniorlarni o‘qitishga vaqtimiz yo‘q. Bizga birinchi kundan foyda bera oladigan katta dasturchilar kerak. 

2. O‘rtacha korxonalarda - Biz tezroq o‘sishimiz va kengayishimiz kerak. Bizda mas’uliyatni ola oladigan va avval katta loyihalarda ishlagan dasturchilar kerak. 

3. Katta korxonalar - Bizning tizimimiz juda murakkab. Juniorlar kirishib ketishi uchun ko‘p vaqt kerak. 

Bu bahona/sabablardan shuni anglasa bo‘ladi-ki, o‘rtacha 4+ yil ishlagan dasturchi korxonalar uchun eng maqbul yechim. Ular hali yetarlicha o‘sib ulgurmagan (patologga yetmagan) va tajribasi ham bor. 

Bechora talabalar va universitetni tamomlagan bakalavrlar. Hali 1 yil ham ishlab ko‘rmagan bo‘lsa…

Ishlamoqchi bo‘lsa, tajriba kerak. Tajriba orttirish uchun ishlash kerak. 


Shu orada yana bir jihatni ko‘rib chiqsak:
* Tajribasi 1 yillik va 5 yillik dasturchi orasida farq juda katta. 
* Ammo 10 va 15 yil o‘rasi-chi? 

Demak, masala yilda emas. 

Korxonalar nimani yutqazmoqda?

Korxonalar qilayotgan xatolarning ba’zilarini ko‘rib chiqsak:

1. Ishga olish jarayoni eskicha. Ishga olishda hali ham eski tushunchalar qolib ketgan. Juniorni “odam” qilish uchun 6-12 oy vaqt kerak deb o‘ylaymiz. Lekin yaxshi Junior juda tez o‘sa o‘ladi, ayniqsa Sun’iy Intellekt (SI) yordamida. SI bilan ishlashni biladigan Junoir jamoaga xalal bermasdan kodni tahlil qila oladi, yangi texnologiyani o‘rgana oladi, foydali kod yozib ko‘ra oladi. 

O‘zim esa SI ishlatmagan Juniorni ishga olmagan bo‘lar edim. 


2. Eskicha suhbatlar (Interview) - hozirgi SI davrida Juniordan Algoritmlarni yoddan etib berish, qog‘ozda kod yozdirib ko‘rish eskirgan usul. Avvallari juda qo‘l kelar edi. Endi esa yondashuvni o‘zgartirish kerak. SI bu sodda narsalarni ko‘pi bajara oladi, yetmaganiga tushuntirib ham beradi. 

Shunga suhbat (Interview) vaqtida SI bilan kod yozishni talab qilish vaqti keldi. 


3. Yaxshi Juniorlarni qayerdan izlashni bilishmaydi. Ko‘pgina Rekruter (ish topib beruvchi)lar hamma biladigan joydan odam qidiradi. @UstozShogird kabi Telegram kanallar, HH kabi veb saytlar. Yana qayerdan izlasa bo‘lishini bilasizmi?

Zo‘r Juniorlarning bir qismi Y Combinatordan yiqilgan yoshlardir. Ular ishlab ko‘rgan, qiziquvchan, yangiliklarga ochiq va motivatsiya (ishtiyoq) ham kerak emas. Ichi to‘la ishtiyoq. 

Shu 3-qismni o‘ylab ko‘rishim kerak ekan…


2-qism tugadi.

[1] [2] [3] [4] [5] & Manba

THY 31.10.2025
@DrAlgorithm
  • 🔥 28
  • 👍 8
  • 👏 2
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →