TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1105 8.1K
Qurilmani ro‘yxatga olish

Qurilmalar nazorati (4-qism)
CIS Controls v8.1 asosida

Qurilmaga so‘rov berildi, moliyani tasdiqladik va qurilma yetib keldi. Endi uni to‘g‘ri ro‘yxatga olishimiz kerak. Keling shuni birma-bir qarab chiqamiz.

Qachon ro‘yxatga olinadi?

- Yangi qurilma sotib olganimizda
- Xodim shaxsiy qurilmasidan (BYOD) foydalanishi kerak bo‘lganida
- Cloud’da yangi server/tuzilma yasaganimizda (VM, container, cluster)
- IoT qurilma sotib olinganida (printer, kamera, sensor)
- Ijaraga olingan qurilma yetib kelganida

Oltin Qoida: Har qanday Qurilma tarmoqqa ulanishidan AVVAL ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart.


Ro‘yxatga olish jarayoni

Qurilmani ro‘yxatga olish jarayonini bitta amallar ketma-ketligi qilib yozib olsangiz o‘zingizga oson bo‘ladi. Odatda korxonalarda turli rasmiy hujjatlar bo‘ladi, shu asosida tuzsangiz bo‘ladi. Agar sizning korxonada hali yozilgan hujjat mavjud bo‘lmasa, demak shu ro‘yxat uni yozishga turtki bo‘ladi.

O‘zingiz uchun oson va qulay shaklda yozib olsangiz bo‘ladi. Aniq majburiy shartlar yo‘q. Men sizga namuna sifatida quyidagini yozib chiqdim.

1-qadam: Fizik tekshiruv.

- Qurilma qutidan chiqarilib, holati yoziladi (yangi/ishlatilgan/ta’mirlangan)
- Seriya raqami, model raqami tekshiriladi

2-qadam: Asset Tag berish

- Tartib raqam (ID) tayyorlanadi (masalan,’M-0034-01’, ’LPT-2026-0043’)
- Fizik stiker yopishtiriladi (qog‘oz va skotch esingizdami?)
- Inventar tizimiga kiritiladi

3-qadam: Texnik sozlash (Provisioning)

- MDM (Mobile Device Management) profiliga qo‘shiladi
- Xavfsizlik dasturlari o‘rnatiladi (antivirus, encryption)
- Tarmoq sozlamalari kiritiladi (IP, hostname)
- Domain‘ga qo‘shiladi (mavjud bo‘lsa)
- Bo‘limga moslab, kerakli dasturlar o‘rnatiladi. (Xodim o‘zi dastur o‘rnatishi mumkin emas)

4-qadam: Ma’lumotlarni tizimga kiritish

Inventar bazasida quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:

* Asset ID - Unikal identifikator (LPT-2026-0043)
* Kategoriya - End-user device (Laptop)
* Ishlab chiqaruvchi / Model - Aniq model (Dell Latitude 5550)
* Seriya raqami - Ishlab chiqaruvchining raqami (SN-7GK2M93)
* Xodim (Owner) - Kim foydalanadi (Alisher Karimov)
* Bo‘lim nomi - (Moliya bo‘limi)
* Sotib olingan sana - (2026-03-15)
* Kafolat muddati - Warranty expiry (2029-03-15)
* Holati - Faol/tuzatishda/ishlatilmayapti (Active)
* Joylashuv - Fizik manzil (Bosh ofis, 3-qavat)


Katta korxonalarda qo‘shimcha ravishda ishlatiladi:

* OT versiyasi - O‘rnatilgan tizim (Windows 11 Pro 24H2)
* Data classificatio - Ma’lumot turi (Confidential)
* Hostname - Tarmoqdagi nomi (FIN-LAPTOP-043)
* MAC manzili - Tarmoq kartasi manzili (AA:BB:CC:DD:EE:FF)
* IP manzili - Agar statik bo‘lsa (192.168.10.43)
* Egalik turi - Korporativ yoki shaxsiy qurilma (Corporate)


5-qadam: Xodimga topshirish

- Xodimga qurilmadan foydalanish siyosati (Device usage Policy, Acceptable Use Policy, BYOD Policy va bosh.) tushuntiriladi.
- IT bo‘limga yordam uchun murojaat qilish qoidalari aytib o‘tiladi.

Cloud va Virtual aktivlarni ro‘yxatga olish

Fizik qurilmalar bilan bir qatorda, cloud resurslar ham inventarga kiritiladi:

- AWS EC2 instancelar, RDS bazalar
- GCP VM lar, Cloud SQL
- Azure VM lar
- Docker/Kubernetes clusterlar

Bu resurslar uchun ham Asset ID, mas’ul shaxs, maqsad, va xavfsizlik klassi yoziladi. Avtomatlashtirish uchun Infrastructure-in-code yordamida tagging tizimidan foydalaniladi.

Ishlab turgan korxonada bu jarayonni boshlab olish vaqt oladi. Lekin bir marta yo‘lga qo‘yib olsangiz, keyin ishlaringiz ancha yengil kechadi. Senior ishni boshlab berib, keyin Juniorga topshirganda ehtiyot bo‘ling.

Bu ish dangasalikni yomon ko‘radi. Keyin qilaman desangiz, vaqt o‘tib, qurilmalar kimda ekanini izlab yurishingizga kerak bo‘ladi.


#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism

05.04.2026 Boku
@DrAlgorithm
  • 👍 12
  • ⚡ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →