TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1101 2.91K
Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni
(New device request)

Qurilmalar nazorati (3-qism)

Korxonaga yangi xodim kelganida yoki yangi faoliyat boshlaganingizda yangi qurilma sotib olishga ehtiyoj bo‘ladi. Yangi qurilmani tartibsiz sotib olish esa yaxshi ish emas, albatta rasmiy jarayon mavjud bo‘lishi kerak. Shunday jarayonlardan biri Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni. Kelin shu haqida gaplashamiz.

So‘rov bosqichlari

Xodim → Bo‘lim boshlig‘i → AT bo‘lim → Moliya → Buyurtma → Yetkazib berish


Xodimga qurilma kerak bo‘lganida albatta o‘zining bo‘lim boshlig‘idan so‘rashi kerak. O‘zboshimchalik bilan sotib olishi yoki ATga olib bering deyishi to‘g‘ri emas. Shu sababli ko‘rsatilgan ketma-ketlikda ishlash eng yaxshi usullardan biri.

* Xodim rahbari bilan maslahat qiladi va keyin qurilmaga so‘rov yuboradi.
* AT bo‘limi so‘rovni ko‘rib chiqadi. Agar bo‘lim boshlig‘i roziligi topilmasa, o‘zi so‘raydi. Tasdiq olinganidan keyin moliya bo‘limiga chiqadi.
* Moliya bo‘limi bilan narxni kelishadi. Bunda AT bo‘limi xodimi 2-3ta alternativ narx berishi kerak.
* AT xodimi buyurtma beradi va yetib kelishini nazorat qiladi.
* Yetib kelgan qurilmani avval ro‘yxatdan o‘tkazadi va keyin xodimga beradi.


Shuni birma-bir qarab chiqsak:

1-qadam: Xodim so‘rov yuboradi

So‘rovda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Qurilma turi (noutbuk, telefon, va h.k.)
- Nima maqsadda kerak (ishlab chiqish, buxgalteriya, dizayn)
- Maxsus talablar (GPU kuchi, RAM va SSD hajmi, va boshqalar.)

2-qadam: Bo‘lim boshlig‘i tasdiqlaydi:

- Byudjetga mos kelishini tekshiradi
- Haqiqatan kerakligini tasdiqlaydi

3-qadam: AT bo‘lim baholaydi:

- Mavjud bo‘sh qurilma bor-yo‘qligini tekshiradi (qayta ishlatiladigan qurilma)
- Texnik talablarni moslashtiradi yoki standart konfiguratsiya tanlaydi
- Agar tayyor qurilma bo‘lmasa, moliya bo‘limi bilan sotib olishni maslahat qiladi

4-qadam: Moliya tasdiqlaydi va byudjet ajratadi

- AT bo‘limidan kelib tushgan talabni o‘rganadi.
- Agar budjet ajrata olinsa, sotib olishga ruxsat beradi
- Qaysi hisob/kartadan to‘lov qilish ko‘rsatmasini beradi.
- To‘lov invoice’larini yuritadi.

5-qadam: Sotib olinadi yoki ombordan ajratiladi

- Sotib olingan qurilma ishlatishdan avval Qurilma Nazorati tizimiga kiritiladi.
- Raqamlanadi va nishon (stiker) yopishtiriladi.
- Keyin xodimga berishga kirishiladi.

Bu jarayon odatda ancha sodda. Eng qiyin narsa, bu jarayonni hayotda ishlata olish.


Ko‘pincha AT bo‘limi qurilmani tizimga kiritmaydi, yoki kech kiritadi. Ba’zida bo‘limlar o‘zlari moliya bo‘limi bilan kelishmasdan qurilma sotib oladi. Oradan vaqt o‘tib, falon qurilma qani? - degan savolga barcha bo‘limlar javob bermay qoladi.

* Shularni hisobga olib, muqim bir odam bu jarayonni nazoratga olishi kerak.
* Rahbar ham, boshqa xodimlar ham biror qurilma kerak bo‘lsa, albatta shu mas’ul xodimdan so‘rashi kerak.
* Kim nima so‘rashidan qat’iy nazar Shakl (form)ni to‘ldirib, murojaat yuborishi kerak. Og‘zaki so‘rash mumkin emas.


Tizimga solishda boshlanishiga email orqali yuborsa bo‘ladi. Keyinchalik Google Forms’ga o‘tilsa, keyin kattaroq tizimlarga ham o‘tsa bo‘ladi.

#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

01.04.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 8
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →