TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1094 6.93K
Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Anchadan beri maqola yoza olmadim. Shu sababli bir necha maqolani birdan tayyorlashga harakat qilaman.

Sizlar bilan biror mavzuni to‘liq yoritish ustida o‘ylayotgan edim. Chunki mana 2 yildan beri Shaxsiy ma’lumotlar gigiyenasi, Korxona ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha gapirib kelaman. Afsuski, hammaga ham yetkazish imkoni bo‘lmadi.

Buning natijasida esa odamlarimiz ma’lumotlari (qisman) ko‘chaga chiqish, yoki korxonalarimiz tizimlari buzilishi haqida xabarlar chiqdi.


Keling, siz bilan shuni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin ekanini ko‘rib chiqsak.

Agar har birimiz o‘zimizda va korxonamizda shu ishlarni yo‘lga qo‘yishni boshlasak, o‘ylaymanki ko‘pchilikka foydali bo‘ladi.

Oxirgi postlarimdan birida CIS va ITIL haqida yozgan edim. Buni men O‘zbekistonda ishlab yurganimda yaxshi his etmas edim. Va albatta ko‘p xatolar qilganman. CISni o‘rganib, uni korxonada tatbiq qilganimdan keyin, shuni bildim-ki, buni O‘zbekistonda hammamiz qo‘llashimiz kerak.

CIS nima?

CIS (Critical Security Controls) bu shunchaki qoidalar to‘plami bo‘lmay, balki butun dunyodagi ekspertlar tomonidan, haqiqiy hayotdagi kiberhujumlarni o‘rganib chiqib tuzilgan "jangovar" qo‘llanma.

CIS Controls - Korxonada Axborot Texnologiyalari (AT) xavfsizligini ta’minlash uchun aniq, qadamma-qadam yozilgan yo‘riqnoma.


Buning qismlari bizning O‘zDST standartimizda ham bor. Lekin CISning eng katta ustunligi - u "tirik". Har yili xakerlarning yangi usuldagi hujumlariga qarab yangilanib turadi. Men ilk bor ishlashni boshlaganimda 6-talqinini ishlatgan edim. Hozirda CIS Controls v8.1 amalda.

Shu mavzuda bir necha post tayyorlab, siz ham korxonangizda ishlatishingiz uchun sodda tilda yozishga harakat qilaman. Tayyorlab qo‘ygan andozalarimni ulashaman. Sizga va korxonangizga foydali bo‘lsa, xursand bo‘laman. Bitta duo qilib qo‘ysangiz yetadi.

Demak CIS ni o‘rganishni boshladik.

#CIS #CISControls #Xavfsizlik

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

28.03.2026 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 37
  • 👍 15
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →