TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1096 6.56K
IT Asset Management

CIS Controls v8.1 asosida

Tasavvur qiling: Korxonangizda 200 ta noutbuk bor. Bir kuni xavfsizlik hodisasi yuz berdi — kimningdir kompyuteri orqali ma’lumotlar sizib chiqqan. Siz so‘raysiz: "Bu kompyuter kimniki? Qachon berilgan? Qanday dasturlar o‘rnatilgan?" — va hech kim javob bera olmaydi.

Bu muammo asset management (aktivlarni boshqarish) yo‘qligidan kelib chiqadi.

Ushbu maqolada CIS Controls v8.1 xalqaro standartiga asoslangan holda, qurilmalarni boshqarish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.

1. Asset Management Nima?

Asset management (IT aktivlarni boshqarish) tashkilotdagi texnik qurilmalarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va nazorat qilish jarayoni o‘z ichiga oladi.


Nimalar "asset" hisoblanadi?

* Kompyuterlar: noutbuk va ish stoli kompyuterlari (Mac, PC)
* Serverlar: fizik serverlar, virtual mashina va cloud serverlar (AWS, GCP, Azure)
* Tarmoq qurilmalari: router, switch, access point va firewall’lar
* Mobil qurilmalar: smartfon va planshetlar
* IoT qurilmalar: printer, kamera, smart TV va sensorlar
* Tashqi saqlash: USB disk, tashqi HDD/SSD va NAS qurilmalari

Nega uchun bu muhim?

1. Xavfsizlik: noma’lum qurilma = nazorat qilinmagan xavf.
2. Moliyaviy nazorat: qurilma qayerda, kimda, holati qanday ekanini bilishimiz kerak.
3. Qonuniy talablar: audit o‘tkazilganda ro‘yxat tayyor turishi uchun.
4. Samaradorlik: ortiqcha qurilma sotib olmaslik, mavjudlarini to‘g‘ri taqsimlash.

CIS Controls v8.1 nima deydi?

CIS Safeguard 1.1 talabi:
Tashkilotdagi ma’lumotlarni saqlash yoki qayta ishlash imkoniyatiga ega barcha aktivlarning aniq, batafsil va yangilangan ro‘yxati yuritilishi kerak.


Har bir qurilmaga quyidagi ma’lumotlar belgilanishi shart:

* Qurilma identifikatsiyasi: qurilma nomi (hostname), model, ishlab chiqaruvchi, seriya raqami
* Mas’ul shaxs (owner): qurilmadan kim foydalanadi va kim javobgar
* Bo‘lim (department): qaysi tashkiliy birlikka tegishli
* Qurilma konfiguratsiyasi: protsessor, RAM, disk hajmi, operatsion tizim versiyasi
* Tarmoq ma’lumotlari (agar statik ulanish bo‘lsa): MAC va IP manzili, tarmoqqa ulanish ruxsatnomasi (approved / not approved)

#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

30.03.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 9
  • ⚡ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →