TGViewer
Channel Public Channel
Digital Generation Uzbekistan

Digital Generation Uzbekistan

@digitalgeneration_uz

O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


✅ Facebook.com/digitalgeneration.uz
✅ Instagram.com/DGUzbekistan
✅ Telegram.me/digitalgeneration_uz
Subscribers
7.06K
Photos
3K
Videos
380
Links
1K

Showing posts older than #3636 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #3635 1.83K

Forwarded from Nokis qalasi Raqamli Avlod Kasiplik talim orayi

👍Nókistegi "Raqamli avlod" orayınan dáslepki nátiyjeler! 🚀

🗓2026-jıl 30-aprel kúni Nókis qalasındaǵı "Raqamli avlod" kásiplik tayarlaw orayınıń 150 oqıwshısı oqıwdı tabıslı juwmaqlap, oray tariyxındaǵı birinshi pitkeriwshiler sıpatında jańa basqıshqa qádem qoydı. Bul pitkeriw tek ǵana bir kurstıń juwmaǵı emes, al júzlegen jaslardıń óz jolın tabıwında áhmietli baslama boldı.

💬Oqıw procesinde oqıwshılar zamanagóy baǵdarlarda tereń bilim alıp, ámeliy tapsırmalar hám joybarlar arqalı óz kónlikpelerin bekkemledi:
✅Mexatronika hám robototexnika
✅ AKT texnikası
✅3D modellew
✅ Videografiya
✅ Grafik dizayn

Hár bir baǵdarda oqıwshılar tek teoriyalıq bilimlerge ie bolıp qalmastan, al real wazıypalar ústinde islew arqalı mashqalalardı sheshiw, jámáátte islew hám óz ideyaların qáliplestiriwdi de úyrendi.


_


👍Nukusdagi “Raqamli avlod” markazidan ilk natijalar! 😀

🗓2026-yil 30-aprel kuni Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazining 150 nafar o‘quvchisi o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, markaz tarixidagi ilk bitiruvchilar sifatida yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Bu bitiruv nafaqat bir kursning yakuni, balki yuzlab yoshlarning o‘z yo‘lini topishidagi muhim boshlanish bo‘ldi.

💬 Ta’lim jarayoni davomida o‘quvchilar zamonaviy yo‘nalishlarda chuqur bilim olib, amaliy topshiriqlar va loyihalar orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashdi:
✅Mexatronika va robototexnika
✅ AKT texnikligi
✅ 3D modellashtirish
✅ Videografiya
✅ Grafik dizayn

Har bir yo‘nalishda o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki real vazifalar ustida ishlash orqali muammolarni hal qilish, jamoada ishlash va o‘z g‘oyalarini shakllantirishni ham o‘rgandilar.

Bitiruv kuni esa bu jarayonning eng muhim qismi bo‘ldi. O‘quvchilar o‘z loyihalari bilan chiqish qilib, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qanday qo‘llay olishlarini namoyish etdilar.


😀 Bu hali boshlanishi.
Oldinda yanada katta loyihalar, yangi marralar va yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar kutmoqda.

☄ Raqamli avlod safi kengaymoqda — kelajakni aynan shu yoshlar yaratadi!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 4
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • 👍 2
Post #3634 2.3K
“Raqamli Avlod” kasbiy tayyorlov kurslari bitiruvchilari safi kengayib bormoqda. Bugungi qahramonimiz — Hayrulloh Rasulov. 🎬

Hayrulloh 6 oy davomida olgan bilimlari bugun haqiqiy mahoratga hozirda o'z aksini topmoqda

⚡️Bu natija nega muhim?

Chunki bugungi yoshlar kelajak kasbini erta tanlab, o‘z ustida ishlashni boshlasa — katta natijalarga erishishi mumkin. Hayrulloh 6 oy davomida olgan bilimlari bugun haqiqiy mahoratga aylanib hozirda o'z aksini topmoqda.

Bizning asosiy maqsadimiz — yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga yo‘naltirish va ularga real imkoniyat yaratish.


Sizningcha, farzandingiz qaysi raqamli kasbga qiziqadi yoki iqtidorli?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇

#OliyMajlis #Fond #IHMA #raqamliavlod #motivatsiya #yoshlar #ituzbekistan #natija #DigitalGeneration #IT

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 8
Post #3633 2.17K
9-may — Xotira va qadrlash kuni 🇺🇿

Bu kun — jasorat, fidoyilik va mardlik timsoliga aylangan ajdodlarimizni yod etish kunidir. Ular bizga tinch va farovon hayotni meros qilib qoldirdilar.

Bugun bizning vazifamiz — ularning xotirasini ardoqlash, tarixni unutmaslik va kelajak avlodga yetkazishdir. Raqamli dunyoda yashar ekanmiz, har birimiz bu muqaddas qadriyatlarni asrashga hissa qo‘shishimiz kerak.


👍 Bugungi yutuqlarimiz, innovatsiyalarimiz va yuksak maqsadlarimiz — ota-bobolarimiz orzu qilgan yorug‘ kunlarning mevasidir.

Barcha yurtdoshlarimizni bugungi kun bilan tabriklaymiz! 🇺🇿

#9may #XotiraVaQadrlashKuni #RaqamliAvlod #Ehtirom #Tarix

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #3632 3.97K
Natijalar gapiradi ! 💥

92- maktab 9-sinf o‘quvchisi Zokirjonov Ibrohim allaqachon $1000+ daromadda !

Ibrohim “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kurisining AKT yo'nalishida o'qib, ta’lim jarayonidayoq bir nechta loyihalari bilan daromadga chiqishni boshladi 💻

Hozir esa:
💸 $1000+ daromad
🎓 Real tajriba
🚀 Kelajak sari aniq yo‘l


Siz-chi?
Hali ham “qachondir boshlayman” deysizmi yoki bugun harakat qilasizmi?

👇 Kommentda o'z fikringizni qoldiring:


#OliyMajlis #Fond #IHMA #raqamliavlod #motivatsiya #yoshlar #daromad #ituzbekistan #natija #DigitalGeneration #AKT #IT

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 👏 6
  • 😱 4
  • 👍 3
  • ❤ 2
Post #3631 2.71K
📢 Mahorat darsi: Konstruktorlash va 3D modellashtirish.

2026-yil 12-mart kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun texnik va innovatsion yo‘nalishda — konstruktorlash va 3D modellashtirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

🎓 Mazkur darsni
Ibodullayev Sardor Nasriddin o‘g‘li — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
“Televizion va media texnologiyalari”

kafedrasi katta o‘qituvchisi olib bordi.

Dars davomida o‘quvchilarga
3D
modellashtirishning asosiy prinsiplari, virtual obyektlar yaratish, konstruktorlik ishlari va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

📐 Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli modellarni yaratishda faol ishtirok etib, o‘z g‘oyalarini loyihalarga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


🚀Bunday mahorat darslari yoshlarning texnik bilimlarini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash va kelajak muhandislarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #3D
#Mahoratdarsi
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #3630 2.14K
📢 Mahorat darsi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

📅 2026-yil 3-mart kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun AKT yo‘nalishida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

🎓Darsni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi Narziyev Nosir Baxshilloyevich olib bordi.

💻 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar AKT yo‘nalishida amaliy bilimlarga ega bo‘lib, dasturlash, kompyuter tizimlari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy vazifalar ustida ishladilar. Shuningdek, mutaxassis tomonidan IT sohasida muhim bo‘lgan ko‘nikmalar, muammolarni samarali hal qilish usullari va ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish strategiyalari batafsil tushuntirildi.

Bunday mahorat darslari o‘quvchilarning bilim va tajribasini oshirish bilan birga, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini aniqlashda ham muhim o‘rin tutadi.

🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #AKT
#Dasturlash #Mahoratdarsi
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #3629 2.49K
📢 Mahorat darsi: Foto va video ishlari

2026-yil 19-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun ijodiy va amaliy yo‘nalishda — foto va video ishlari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

🎓 Mazkur darsni
Beknazarova Saida Safibullayevna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
“Televizion va media texnologiyalari”

kafedrasi professori, texnika fanlari doktori hamda
Jaumitbayeva Maxriban Karomatdin qizi olib borishdi.
Shuningdek ushbu mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari online formatda faol ishtirok etishdi.

Dars davomida o‘quvchilarga professional suratga olish texnikalari, yorug‘lik bilan ishlash, kompozitsiya qoidalari, video montaj asoslari va sifatli media kontent yaratishning muhim jihatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

📹
Shu bilan birga, zamonaviy media sohasida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar, kontent yaratuvchilar uchun zarur bilimlar hamda kreativ yondashuvning ahamiyatli jihatlari alohida ta’kidlandi.


🚀Bunday darslar yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Videografiya #Media #Foto
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #3628 2.26K
📢 Mahorat darsi: Robototexnika va mexatronika tizimlar.

2026-yil 12-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va dolzarb yo‘nalishda — robototexnika hamda mexatronika tizimlarga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

🎓 Ushbu darsni
Shukurov Kamoliddin Elbobo o‘g‘li — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Robototexnika va intellektual tizimlar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent olib bordi.

🌐 Mazkur mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari ham online ishtirok etishdi.

Dars davomida o‘quvchilarga robototexnikaning asosiy tushunchalari, aqlli tizimlar yaratish jarayonlari, sensorlar va avtomatlashtirish texnologiyalarining ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, real hayotda robototexnika qanday qo‘llanilayotgani, sanoat va kundalik turmushdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.


🚀 Professor va tajribali mutaxassis bilan tashkil etilgan bunday uchrashuvlar yoshlarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga undash va kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Robototexnika #Mexatronika
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Post #3620 3.08K
📢 Mahorat darsi: Robots — From Science Fiction to Reality

2026-yil 23-aprel kuni
👍“Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va qiziqarli mavzuda — robototexnika yo‘nalishiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

🎓Mazkur darsni
Rahman Sejuti — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori (Hindiston) hamda
Djurayev Sirojiddin — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori olib borishdi.

Dars davomida o‘quvchilarga robotlarning paydo bo‘lish tarixi, dastlab faqat tasavvur va ilmiy g‘oyalar sifatida qaralgan tushunchalarning bugungi kunda real texnologiyaga aylangani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, zamonaviy robotlarning ishlash prinsiplari, ularning sanoat, tibbiyot va kundalik hayotdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.


🤖 Bugungi uchrashuvda oʻquvchilar robototexnika sohasining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, sun’iy intellekt bilan integratsiyasi hamda innovatsion yechimlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 7
  • 😱 1
Post #3619 2.74K
23-aprel — Xalqaro AKT sohasidagi qizlar kuni.
(International Girls in ICT day)
👩‍💻

Bugun butun dunyoda texnologiya sohasida faoliyat yuritayotgan, kelajakni yaratishda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha qizlar uchun muhim sana — Xalqaro AKT sohasidagi qizlar kuni (International Girls in ICT day)

⚡️Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari har bir sohaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Aynan shu yo‘nalishda qizlarning faol ishtiroki, ularning bilimga chanqoqligi va yangilikka intilishi jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega.


🌟 Bugungi kunda AKT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan qizlar nafaqat o‘zlari uchun, balki kelajak avlod uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular dasturlash, sun’iy intellekt, dizayn, kiberxavfsizlik kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z o‘rnini topmoqda.

✨Barcha AKT sohasiga qiziqadigan va unda faoliyat yuritayotgan qizlarni ushbu sana bilan samimiy tabriklaymiz.
Siz — kelajak yaratuvchilarisiz! 🌍

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 16
  • 🤯 2
  • 👍 1
  • 🆒 1
Post #3610 2.38K
Samarqand shaxridagi Inkluziv rivojlanish markazida ochiq tanishtiruv kuni tashkil etildi 🚀

Samarqand shahridagi 44-maktab o‘quvchilari hamda “Yoshlar” MFY “Raqamli Avlod”inkluziv rivojlanish markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida yoshlarga markazdagi zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsion ta’lim imkoniyatlari va yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jarayon interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


⚡️ Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarni tanlab, o‘qishga yozilishdi.

✨Har bir qiziqish — bu kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam!

#raqamliavlod #IHMA #Oliymajlis #Fond #Digitalgeneration #ituzbekistan
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 6
  • 🔥 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →