Samarqand shahridagi 44-maktab o‘quvchilari hamda “Yoshlar” MFY “Raqamli Avlod”inkluziv rivojlanish markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlarga markazdagi zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsion ta’lim imkoniyatlari va yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jarayon interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
⚡️ Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarni tanlab, o‘qishga yozilishdi.
✨Har bir qiziqish — bu kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam!
#raqamliavlod #IHMA #Oliymajlis #Fond #Digitalgeneration #ituzbekistan
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook








