2026-yil 19-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun ijodiy va amaliy yo‘nalishda — foto va video ishlari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
🎓 Mazkur darsni
Beknazarova Saida Safibullayevna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
“Televizion va media texnologiyalari”
kafedrasi professori, texnika fanlari doktori hamda
Jaumitbayeva Maxriban Karomatdin qizi olib borishdi.
Shuningdek ushbu mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari online formatda faol ishtirok etishdi.
Dars davomida o‘quvchilarga professional suratga olish texnikalari, yorug‘lik bilan ishlash, kompozitsiya qoidalari, video montaj asoslari va sifatli media kontent yaratishning muhim jihatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
📹
Shu bilan birga, zamonaviy media sohasida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar, kontent yaratuvchilar uchun zarur bilimlar hamda kreativ yondashuvning ahamiyatli jihatlari alohida ta’kidlandi.
🚀Bunday darslar yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Videografiya #Media #Foto
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook