TGViewer
Digital Generation Uzbekistan Digital Generation Uzbekistan @digitalgeneration_uz · 7.07K subscribers
Post #3628 2.26K
📢 Mahorat darsi: Robototexnika va mexatronika tizimlar.

2026-yil 12-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va dolzarb yo‘nalishda — robototexnika hamda mexatronika tizimlarga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

🎓 Ushbu darsni
Shukurov Kamoliddin Elbobo o‘g‘li — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Robototexnika va intellektual tizimlar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent olib bordi.

🌐 Mazkur mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari ham online ishtirok etishdi.

Dars davomida o‘quvchilarga robototexnikaning asosiy tushunchalari, aqlli tizimlar yaratish jarayonlari, sensorlar va avtomatlashtirish texnologiyalarining ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, real hayotda robototexnika qanday qo‘llanilayotgani, sanoat va kundalik turmushdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.


🚀 Professor va tajribali mutaxassis bilan tashkil etilgan bunday uchrashuvlar yoshlarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga undash va kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Robototexnika #Mexatronika
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 🔥 3
  • ❤ 2
More from @digitalgeneration_uz
  1. Oct 9, 2026Raqamli Avlod markaziga rasmiy tashrif 🏢 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi…
  2. Oct 6, 2026#Natija 🏆 41-maktab o‘quvchisi Muhammadjonova Saminabonu Musinjon qizi Raqamli avlod mark…
  3. Oct 1, 20261-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur…
  4. Sep 28, 2026🏆 “RAQAMLI AVLOD GRANTI” SOVRINDORLARI “Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand vi…
  5. Sep 24, 2026💻 INKLYUZIV RIVOJLANISH MARKAZIDA NAVBATDAGI KURS MAVSUMI YAKUNLANDI! Videolavha 🎬 “Ijti…
  6. Sep 21, 2026🎓 INKLYUZIV RIVOJLANISH MARKAZIDA NAVBATDAGI KURS MAVSUMI YAKUNLANDI! 💻 Kurs davomida o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →