2026-yil 23-aprel kuni
👍“Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va qiziqarli mavzuda — robototexnika yo‘nalishiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
🎓Mazkur darsni
Rahman Sejuti — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori (Hindiston) hamda
Djurayev Sirojiddin — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori olib borishdi.
Dars davomida o‘quvchilarga robotlarning paydo bo‘lish tarixi, dastlab faqat tasavvur va ilmiy g‘oyalar sifatida qaralgan tushunchalarning bugungi kunda real texnologiyaga aylangani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, zamonaviy robotlarning ishlash prinsiplari, ularning sanoat, tibbiyot va kundalik hayotdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.
🤖 Bugungi uchrashuvda oʻquvchilar robototexnika sohasining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, sun’iy intellekt bilan integratsiyasi hamda innovatsion yechimlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.
#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook







