TGViewer
EDU.DIGITAL.UZ EDU.DIGITAL.UZ @digitaledu_uz · 5.02K subscribers
Post #3859 411

Forwarded from Digital.uz

🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.

Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!

✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 1
More from @digitaledu_uz
  1. Oct 15, 2026Diqqat eslatma! Sovg‘alarni yutib olishga tayyormisiz? 🌟 Bu yil ham “Besh million sun’iy…
  2. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  3. Oct 14, 2026Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan ta…
  4. Oct 14, 2026AT sohasidagi o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda 🏷Hozirgi kunda “IT tale…
  5. Oct 14, 2026🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamk…
  6. Oct 13, 2026✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi �…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →