TGViewer
EDU.DIGITAL.UZ EDU.DIGITAL.UZ @digitaledu_uz · 5.01K subscribers
Post #3842 439

Forwarded from Digital.uz

✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi

🇰🇷Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi.

↪️ Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi va shu kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/232558

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @digitaledu_uz
  1. Oct 14, 2026Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan ta…
  2. Oct 14, 2026AT sohasidagi o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda 🏷Hozirgi kunda “IT tale…
  3. Oct 14, 2026🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamk…
  4. Oct 13, 2026Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va DataCamp onlayn ta’lim platformasi o‘rtasida ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →